Ta'kidlanişiça, tomonlar jahon neft bozoridagi vaziyat, jumladan neft narxlarini barqarorlaştiriş maqsadida OPeK+ doirasida neft qazib oliş hajmini qisqartiriş böyiça işlab çiqilayotgan kelişuv borasida fikr almaşişgan. Tramp neft qazib oluvçi davlatlar yetakçilari bilan muloqoti haqida Putinni xabardor qilgan.  

Şuningdek, suhbat çoğida koronavirus pandemiyasiga taalluqli masalalar muhokama qilingan. Ikki prezident Rossiya va AQŞda virus tarqalişiga qarşi körilayotgan çoralarga baho berişgan.

Bundan taşqari, suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan koinotdagi hamkorlikka töxtalib ötilgan.

Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, ikki prezident suhbat davomida sanksiyalar masalalarini muhokama qilişmagan. 

Avvalroq Tramp Rossiya prezidenti va Saudiya Arabistoni podşohi bilan suhbatlaşib, neft qazib oliş hajmini qisqartiriş böyiça kelişuvni muhokama qilgani ma'lum qilingandi.