«Farğona viloyati Yozyovon tumanida yaşagan, Umra safarida bölib qaytgan 59 yoşli fuqaro N.da joriy yil 25 mart kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangaç, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan edi. Bemor (ayol) şu yili 31 mart kuni sun'iy nafas oliş apparatiga ulangan. Bemorda öpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, gipertoniya 3-bosqiç, arterial gipertenziya 3-daraja, xavf öta yuqori bölganligi sababli kasallik oğir keçib, u 12 kun davomida sun'iy nafas oliş apparatida bölgan.
Davolaniş davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibayev rahbarligida Soğliqni saqlaş vazirligi boş pulmonologi, professor I.Liverko, yetakçi reanimatologlar D.Sobirov va X.Sattorov iştirokida bir neça bor videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan taşqari, davolaş standartlariga muvofiq, virusga qarşi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.
Ammo joriy yil 11 aprel kuni keçki payt bemorning ahvoli keskin yomonlaşa boşlagan. Unga qator soha mutaxassislari tomonidan ötkazilgan şoşilinç reanimatsion muolajalar körsatilgan. Lekin standart asosida olib borilgan çora-tadbirlarga qaramasdan bemor N.da ötkir respirator disstres sindrom, ötkir nafas yetişmovçiligi hamda öpka-yurak yetişmovçiligi natijasida biologik ölim qayd etildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Kun.uz tahririyati marhumning yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi.
Koronavirusdan vafot etgan marhumni dafn etiş töğrisida fatvo e'lon qilindi
Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş holatlari 11 aprel kuni 98taga oşib, jami 767taga yetdi. Ulardan 42 nafari soğaygan, jami 4 kişi vafot etgan.
Eslatib ötamiz, mamlakatda koronavirusning dastlabki qurboni 27 mart kuni qayd etilgan – 72 yoşli namanganlik ayol unda virus aniqlanganining ertasiga yurak hurujidan vafot etgandi. Şundan söng Toşkent va Çirçiq şaharlarida yaşab, şifokorga keç murojaat qilgani aytilgan 39-40 yoşli erkaklar ham koronavirus oqibatida hayotdan köz yumdi.
7 aprel kuni berilgan ma'lumotga köra, jahonning 9 mamlakatida Özbekistonning kamida 23 nafar fuqarosiga COVID-19 taşxisi qöyilgan, ulardan uç nafari vafot etgan. 10 aprel kuni Qozoğistonda ikki özbekistonlik virusni yuqtirib olgani xabar qilindi, ular uzoq masofaga qatnovçi yuk maşinalari haydovçilari ekani













