Xitoyning Harbin şahridagi Rossiyaning boş konsulligi guruh içida «xitoylik nufuzli viruologlar va vraçlar» borligini ma'lum qilgan.

Tibbiyotçilar Rossiyaga 11 aprel kuni ertalab parvoz qilişgan. Ular özlari bilan bir neça tonna himoya vositalari va tibbiy uskunalar ham olib ketişmoqda. Ularni Xitoyning Heylongjiang provinsiyasi hokimiyati taqdim etgan.

Avvalroq Rossiya Italiya va Serbiyaga Covid-19’ni davolaş uçun öz harbiy mutaxassislarini jönatgan edi. Şuningdek, Rossiya AQŞga tibbiyot buyumlaridan iborat yuk jönatgan.

Avvaliga Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov tomonidan insonparvarlik yordami deb atalgan yukning yarmining bahosi keyinroq Rossiya töğridan-töğri investitsiyalar fondi hisobidan tölangani ma'lum qilindi. Ungaça AQŞ davlat departamenti koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraşiş uçun Rossiya tibbiyot mahsulotlari xarid qilinganini ta'kidlagan edi.