Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron kasaba uyuşmalari rahbarlari bilan ötkazilgan yopiq videoanjuman vaqtida çegaralar masalasiga töxtalib ötdi. 

Amerikada kasallik tarqalişining ösişi va Afrikada boşlanişi haqida sözlar ekan, Makron Yevropa davlatlari örtasidagi çegaralar va taşqi çegaralar kamida sentyabrgaça yopiq turişi mumkinligini aytdi. 

Bu borada qanday qaror qabul qilinişi 13 aprel kuni ma'lum böladi. Şu kuni Makronning xalqqa murojaat qilişi belgilangan.

Koronavirus tarqalişi sababli YeI mamlakatlari 18 mart kuni uçinçi davlatlar fuqarolarining Yevroittifoq hududiga zarur bölmagan safarlarini taqiqlaş töğrisida qaror qabul qilgandi.