Kun.uz muxbiri Andijon viloyatida koronavirus pandemiyasi tarqalişi, infeksiya aniqlanganlar va muassasalar va uy karantiniga olingan fuqarolar soni böyiça viloyat ştabi va viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasidan ma'lumot oldi.

Ayni vaqtgaça viloyatda 97 kişida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, ularning barçasi viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda.

 Kun.uz manbasi aniqlik kiritişiça, infeksiya yuqtirganlarning 78 nafari tibbiyot sohasida faoliyat yurituvçi kişilardir. Şundan 56 nafari şifokorlar.

Ayni vaqtda viloyatda karantinga olinganlar soni 12 mingdan oşiq:

- Çet eldan kelganlar 628 nafar;

- karantindagi taşkilotlarda 1917 nafar;

- uy karantinida 1702ta xonadonda 10 238 nafar.

Viloyatda 13 aprelga qadar 12 ming 85ta virusologik tahlillar amalga oşirilgan.

Har bir karantin obektiga alohida oşpaz, bir martalik foydalanadigan idiş-tovoqlar yetkazib berilgan va 50 mingta bir martalik idişlar zaxira qilingan.