Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni Koreya Respublikasi prezidenti Mun Je In bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bildirilişiça, suhbatda davlat rahbarlari an'anaviy döstona va samimiy ruhda ikki tomonlama alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni, birinçi navbatda savdo-iqtisodiy sohada kengaytirişning dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda ayrim mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik mavzular yuzasidan fikr almaşdilar.
Koronavirus infeksiyasining tarqalişiga qarşi kuraşişda hamkorlikni davom ettiriş va sa'y-harakatlarni birlaştirişga alohida e'tibor qaratildi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti pandemiyaga qarşi kuraşda körsatilayotgan amaliy kömak uçun Mun Je Inga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Qayd etilişiça, mart oyining oxiridan Özbekistonda koreyalik professor – epidemiolog mutaxassis faol işlamoqda, bilim va könikmalari bilan örtoqlaşmoqda. Şu oyda yana bir tajribali mutaxassis – anesteziolog-reanimatologning kelişi kutilmoqda. Fuqarolarni evakuatsiya qiliş va zarur tibbiyot vositalari yetkaziş uçun charter reyslar taşkil etildi.
Prezidentlar ikki mamlakat örtasida amaliy hamkorlikni kengaytirişga hamda Özbekistonda Koreya tibbiyotining, şu jumladan karantin tadbirlarini taşkil etiş, kasalliklarni aniqlaş va davolaş, reabilitatsiya tadbirlarini ötkaziş, tibbiy kadrlar malakasini oşiriş borasidagi ilğor tajribasini samarali joriy etişga qat'iy intilişlarini qayd etdilar.
Ikki davlat soğliqni saqlaş vazirliklari va yetakçi tibbiyot markazlari örtasida sa'y-harakatlarni yaqindan muvofiqlaştiriş va tezkor hamkorlikni yölga qöyişga kelişib olindi.
Muloqotda prezidentlar mamlakatlar örtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va ilmiy-innovatsion hamkorlikda erişilgan sur'atlarni saqlab qoliş masalalariga batafsil töxtaldilar.
Janubiy Koreyaning yetakçi kompaniyalari iştirokidagi ustuvor investitsiya loyihalari hamda uşbu mamlakat Eksimbanki va «EDCF» jamğarmasi iştirokidagi ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarning amalga oşirilişi tahlil qilindi.
Savdo hajmi va qöşma korxonalar soni sezilarli darajada ortgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu işbilarmon doiralarning özaro qiziqişi kuçayib borayotganiga dalolat ekani haqida yakdil fikr bildirildi.













