Yöl-patrul xizmati va Milliy gvardiya hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan 12 aprel kuni Toşkent yöllarida umumiy 462ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Ulardan 205ta yöl harakati qoidabuzarligi faktlari qayd etildi. 247ta avtomobil jarima maydonçasiga joylandi.

257 ta avtomobil haydovçilariga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik böyiça Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 54-moddasiga (“Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş”) köra bayonnomalar rasmiylaştirilgan.

Ulardan 153ta avtomobil haydovçilari tegişli ruxsatnomasiz (stiker) şahar böylab harakatlanayotgani uçun jarima maydonçasiga joylandi. Ularga nisbatan SEX xodimlari tomonidan huquqbuzarlik böyiça Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 54-moddasi 2-qismiga (“Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş”) köra bayonnomalar rasmiylaştirildi. 

Mazkur moddaga binoan fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravaridan öttiz baravarigaça ya'ni (4 mln. 460 ming sömdan 6 mln. 690 ming sömgaça), mansabdor şaxslarga esa — öttiz baravaridan ellik baravarigaça ya'ni (6 mln. 690 ming sömdan 11 mln. 150 ming sömgaça) miqdorda jarima solinişi belgilangan.