Joriy yilning 6-12 aprel kunlari "Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi" AJ oçiq birja savdolari orqali jami 749,9 mlrd sömlik tovar resurslari sotildi, bu avvalgi savdo haftasiga nisbatan 4,4 foizga kamdir.
Ötgan haftada birja savdolariga 34 366,0 tonna buğdoy unining 1-navi qöyildi va ularning barçasi sotildi. Örtaça kunlik sotuv hajmlari 6 867 tonnani taşkil etdi. Savdolarda bir kunda örtaça 4 598 ta xaridorlar erkin tarzda iştirok etişdi. Unning haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uçun 2,47 mln sömdan 2,47 mln sömgaça pasaydi.
Birja bozordagi taklif darajasi yuqori bölganligi sababli bozorda narxlarning pasayiş holatlari qayd etilmoqda. Xususan şakarning 3 kategoriyasi uçun kunlik narxlar ötgan hafta mobaynida 2 foizga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uçun 5,2 mln sömni taşkil etdi. Şakarning örtaça haftalik narxi tovarning bir tonnasi uçun 5,27 mln sömni taşkil etdi.
Paxta yoği bozorida ham barqaror holat saqlanmoqda. Ötgan hafta savdo natijalariga köra 3 938,0 tonna paxta yoği birja savdolariga qöyildi va ulardan 1 1512,0 tonnasi, ya'ni 38 foizi sotildi. Körib çiqilayotgan davrda barça navli paxta yoğining örtaça narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 9,09 mln sömdan 9,02 mln sömgaça pasaydi. Birja savdo natijalariga köra 1-navli paxta yoğining haftalik kotirovkasi mahsulotni bir tonnasi uçun 9,16 mln sömni taşkil etdi.
Ötgan haftada AI-91 rusumli avtomobil benzinining boşlanğiç bahosi sotuvçi korxonalar tomonidan benzinning bir tonnasi uçun 6,32 mln sömdan 5,69 mln sömgaça, ya'ni 10 foizga pasaytirildi. Buning natijasida ötgan hafta davomida benzinning birjada şakllangan narxi mos tarzda 10 foizga pasayib, tovarning bir tonnasi uçun 5,70 mln sömni taşkil etdi. AI-91 rusumli avtomobil benzinining örtaça haftalik narxi esa avvalgi haftaga nisbatan 8 foizga pasaydi va 5,85 mln sömni taşkil etdi.












