Bu haqda Markaziy bankning Jamoatçilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori örinbosari Akmal Nazarov ma'lum qildi.

«Markaziy bank tomonidan bank infratuzilmasi yetarli bölmagan çekka hududlarda yaşovçi va naqd puldan foydalanişga ehtiyoji bölgan aholiga xizmat körsatadigan universal kassalar taşkil etiş va aholi tomonidan murojaat bölganda yaşaş manzillariga borib bank xizmatlarini körsatiş böyiça barça banklarga tegişli körsatmalar berildi», – dedi Akmal Nazarov 14 aprel kuni AOKAda bölib ötgan brifingda.

Ma'lum qilinişiça, universal kassalar aholiga pul ötkazmalari, xorijiy valutani sotib oliş yoki sotiş böyiça xizmatlarni taqdim etişga möljallangan.

Şuningdek, mijozlar bilan oldindan kelişilgan holda tegişli sörovlarga binoan, vaqti-vaqti bilan ma'lum joylarga çiqqan holda boşqa çakana bank xizmatlari ham körsatiladi.

«Bu amaliyotlarni bajarişda sanitariya talablariga qat'iy rioya qiliş, joylarga boradigan barça xodimlarni zarur vositalar: maxsus himoya kiyimlari, niqoblar, qölqoplar va antiseptik vositalar bilan ta'minlaş va bank xizmati körsatib bölingandan keyin ham xodimlarni dezinfeksiya qiliş nazoratga olingan», – dedi Akmal Nazarov.

Markaziy bank vakiliga köra, respublika böyiça naqd xorijiy valutani sömga ayirboşlaşga ixtisoslaşgan avtomatlaştirilgan 700 ta bankomat mavjud va ularning sonini mingga yetkaziş rejalaştirilgan.

Akmal Nazarov asosiy bank amaliyotlari: xorijiy valutani sotib oliş yoki sotiş, pul ötkazmalarini amalga oşiriş, depozit operatsiyalari, kommunal xizmatlar yoki soliq tölovlarini amalga oşirişni masofadan turib mobil bank ilovalari orqali bajariş imkoni ham borligini eslatib ötdi.

«Şuning uçun fuqarolarga bank ofislariga bormasdan qaysi bankning mijozi bölsalar, öşa bankning mobil ilovasi bilan diqqat bilan tanişib çiqişni tavsiya etamiz», – dedi u.