2019 yilda 2019 – 2021 yillarda Universal Mobile Systems MÇJni (Mobiuz mobil aloqa operatorini) rivojlantiriş Konsepsiyasi tasdiqlangan. Öşa yili operator hamda Nuawei Technologies Co. Ltd. kompaniyasi örtasida respublika hududini Internet jahon axborot tarmoğiga ulaniş imkoniyatlari bilan imkon qadar töliq qoplaşni ta'minlaş maqsadida operatorning texnologik asbob-uskunalarini modernizatsiya qiliş böyiça investitsiya loyihasini amalga oşiriş töğrisida özaro anglaşuv Memorandumi imzolangan. Loyiha Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki iştirokida amalga oşiriladi.
 
Norma’ning yozişiça, operatorga Huawei Technologies So. Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlikda texnologik asbob-uskunalarni sotib oliş uçun şartnomalarni bosqiçma-bosqiç tuzişga ruxsat beriladi. Bunda loyiha doirasida tuziladigan import şartnomalari qiymatining 85 foizi Eksimbank krediti hisobiga, 15 foizi esa operatorning öz mablağlari hisobiga qoplanadi.     
 
Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 0,5 foiz miqdoridagi marjasini öz içiga olgan 127,5 mln dollar miqdoridagi krediti 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 3,5 foiz stavka bilan beriladi. TIF MB 2 oy muddatda Eksimbank bilan qarz kelişuvini imzolaydi. Loyihaning umumiy qiymati ekv. 238 572,28 dollarni taşkil etadi. 
 
Operator – qarz oluvçi loyihani amalga oşiriş, şuningdek kreditlardan maqsadli va samarali foydalaniş uçun javobgar hisoblanadi. U kreditni, foizlarni tölaş bilan boğliq xarajatlarni, vositaçilik haqini va ular bilan boğliq boşqa xarajatlarni öz mablağlari hisobiga tölaydi. Moliya vazirligiga TIF MBning Eksimbank oldidagi jalb qilingan kredit böyiça majburiyatlari, şuningdek operatorning TIF MB oldidagi majburiyatlari böyiça kafolat beriş vakolati berildi.  
 
Yil yakuniga qadar mamlakatda işlab çiqarilmaydigan, amalga oşirilayotgan loyiha doirasida olib kiriladigan telekommunikatsiya qurilmalarini bojxona tölovlaridan ozod etiş yuzasidan taklif kiritiladi.
 
Hujjat 4.04.2020 yildan kuçga kirgan.