Xitoyda yangi mashina sotib olish uchun qo‘shimcha pul to‘lash boshlandi
Subsidiyalar miqdori 1400 dollargacha yetadi
Koronavirusdan zarar ko‘rgan Xitoy avtosanoati asta-sekin ishga qaytyapti, ammo sotuvlar hali ham ancha past darajada. CNN ma'lumotlariga ko‘ra, oldingi yillarda mamlakatda dastlabki uch oyda olti milliongacha avtomobil sotilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu raqam 3,7 millionni tashkil qildi. Savdoning rivojlanishiga turtki berish uchun provinsiyalar rahbarlari yangi imtiyozlarni, shu jumladan avtomobil sotib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni joriy qila boshladilar.
Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasida (CAAM) ta'kidlashicha, birinchi navbatdagi vazifa - savdoni COVID-19 epidemiyasi boshlanishidan oldin qayd etilgan ko‘rsatkichlarga qaytarish. Buning uchun provinsiyalar va shaharlar rahbarlari mavjud rag‘batlantirish dasturlaridan foydalanishi, shuningdek yangilarini joriy etishi mumkin. Xususan, Pekin ulanuvchi gibridlar va elektromobillarni sotib oluvchilar uchun imtiyozlar muddatini uzaytirdi, ba'zi munitsipalitetlar esa mijozlarga qo‘shimcha pul to‘lashni taklif qilishdi - to‘g‘ridan-to‘g‘ri subsidiyalar kiritildi, ularning miqdori 1400 dollargacha yetadi.
Xitoy avtodilerlar assotsiatsiyasi o‘z tadqiqotini o‘tkazdi hamda shourumlarning foydasi 34 foizga kamayganini aniqladi. Bu, o‘z navbatida, o‘rtacha yalpi daromadga ta'sir qildi - u 36 foizga pasaydi. Bundan tashqari, ushbu pasayish nafaqat avtomobillar sotuvi, balki xizmat ko‘rsatish, shuningdek ehtiyot qismlar savdosi uchun ham xarakterli. Hozirda ularning daromadi odatdagi ko‘rsatkichlarning atigi 67 foizini tashkil etadi.
Fevral va mart oylarida Xitoyda yangi avtomobillar savdosi mos ravishda 80 va 40,8 foizga tushib ketdi. I chorak natijalari o‘tgan yilga nisbatan 42 foizga past bo‘ldi, deb xabar qilmoqda CAAM.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
19:24 / 15.08.2023
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi
19:06 / 28.07.2023