Ispaniyada sutka davomida koronavirusga çalingan 551 kişi vafot etdi, mamlakatda epidemiya qurbonlari soni 19 130 kişiga yetdi, deb xabar berdi El Pais gazetasi.

Bir kun avval 523 kişi vafot etgani xabar qilingandi.

Kasallikka çaliniş holatlari soni ham 2,9 foizga oşib 182,8 mingtaga yetdi, 75 ming kişi soğaydi.

Gazetaning qayd etişiça, bugungi ösişga qaramasdan, Ispaniyada ölimlar soni kamayib borayotgani kuzatilmoqda. Seşanba kuni 567, duşanba kuni 517 va yakşanba kuni 619 ta ölim yuz bergani haqida xabar qilingandi. 2 aprel kuni eng köp – 950 kişi vafot etgandi.

Ispaniya kasallikka çalinganlar soni böyiça AQŞdan keyin ikkinçi örinda, ölimlar soni böyiça esa Italiya va AQŞdan keyin uçinçi örinda turibdi.