Vazirlar Mahkamasining “2020 yil uçun Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta'minlaş va xarajatlarini maqbullaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining:
budjet taşkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq tölaşning 1-3 razryadlari qöllaniladigan xodimlardan taşqari) işlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga kadar moddiy rağbatlantiriş maxsus jamğarmasi hamda direktor jamğarmasi mablağlari hisobidan tölovlar hisoblanişini töxtatib turiş;
Respublika budjetida hamda ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturida közda tutilgan xarajatlarni maqbullaştiriş;

Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahri budjetlari xarajatlarini maqbullaştiriş;

Respublika budjetining 2020 yil II çoragi uçun rejalaştirilgan xarajatlarni 2020 yilning ikkinçi yarim yilligiga ötkaziş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar Kengaşlariga iqtisod kilingan mablağlarni mahalliy budjetlarning daromaddar prognozining bajarilmagan qismini qoplaşga yönaltiriş tavsiya qilindi.

Moliya vazirligi tegişli vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda barça budjet taşkilotlarida (tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy muassasalari hamda mehribonlik uylaridan taşqari):
asosiy vositalarni xarid qiliş va kapital ta'mirlaş bilan boğliq xarajatlarni joriy yilning 1 iyuliga qadar töxtatiş (moliyalaştiriş boşlangan çora-tadbirlar bundan mustasno) va uşbu maqsadlar uçun II çorakda rejalaştirilgan mablağlarni qisqartiriş yoki 2020 yilning ikkinçi yarim yilligiga ötkaziş;











