Toşkent şahrida 20 apreldan isitiş tizimi öçiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, havo harorati keyingi haftada 27 daraja issiq va undan ortiq bölişini körsatayotgan ob-havo prognozini örgangan holda, şuningdek, energiya manbalarini tejaş va issiqlik ta'minoti tizimini yozgi iş tartibiga ötkaziş maqsadida, Toşkent şahar hokimligi tomonidan turar joylarda issiqlik ta'minoti tizimini 20 aprel kunidan boşlab bosqiçma-bosqiç öçiriş masalasi körib çiqilmoqda.

Hokim örinbosari Baxtiyor Rahmonqulovning sözlariga köra, issiqlik ta'minoti tizimini öçiriş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Birinçi navbatda, issiqlik manbalariga bosim pasayadi, nasos stansiyalari öçiriladi, keyin turar-joy binolari va mahalliy qozonxonalarning issiqlik ta'minoti tizimlari töxtatiladi. Jarayon oxirida isitiş tarmoqlari töliq issiq suv ta'minoti rejimiga ötadi. Issiqlik ta'minoti tizimining öçirilişi böyiça töliq jarayon örtaça uç kun davom etadi.
  
Şu bilan birga, şahar hokimi örinbosarining ta'kidlaşiça, issiq suv ta'minoti böyiça karantin tugaguniga qadar bahorgi haftalik öçiriş amalga oşirilmaydi, kelgusi isitiş mavsumiga tayyorgarlik köriş böyiça barça ta'mirlaş işlari jadvallari mavjud vaziyatdan kelib çiqib qayta körib çiqiladi.