Farğona viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida koronavirus infeksiyasiga çalingan 4 nafar bemor butunlay soğaydi. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, soğayganlarning uç nafari (ikki nafari Toşkent şahridan, bir nafari esa Andijon viloyatidan) charter reys orqali Turkiyadan Farğonaga kelgan bölib, Oltiariq faxriylar sanatoriysida karantinga olingan edi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangaç, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga joylaştirilgan. Bir nafar farğonalik bemor koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirgan.
Bemorlarning 3 nafari erkak, bir nafari ayol bölib, ular orasida eng yoşi kattasi 59 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 22 yoşda.
Viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan şu paytga qadar 2 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 6 nafarga yetdi.
Eslatib ötamiz, mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan jami 168 nafar bemor töliq soğaydi.












