Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida bugun yana uç nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor butunlay soğaydi. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimiga köra, tuzalganlarning barçasi charter reys orqali Rossiyadan Xorazmga olib kelingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangaç, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga joylaştirilgan. Ularning uçalasi ham erkak bölib, Buxoro, Qaşqadaryo va Farğona viloyatidan.
61, 47 va 29 yoşli bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida şifokorlar tomonidan Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalari asosida olib borilgan töğri davolaş muolajalar tufayli darddan töliq foriğ bölişdi.
Viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan şu paytga qadar 3 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 6 nafarga yetdi.
Hozirga qadar mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butkul soğayganlar 164 nafarni taşkil etmoqda.












