Bugun, 18 aprel kuni AOKA huzuridagi ştabda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babaşev iştirokida brifing ötkazildi. 

Brifingda ma'lum qilinişiça, Toşkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabarida aytilişiça, şu bois institut bugungi kunda karantinga yopilgan.

2020 yil 18 aprel soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1450 nafarni taşkil qilmoqda.

Özbekistonda koronavirusdan zararlanişning ilk holati 15 mart kuni Toşkentda tasdiqlangandi.

Ötgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi böylab tarqaldi. 18 aprel kuni zararlaniş holatlari soni 45taga oşdi.

Şu vaqtgaça 156 kişi kasallikdan soğaydi, 4 kişi vafot etdi.