Timur Işmetov: «Aholiga töğridan-töğri pul tarqatişda oila tamoyili böyiça yondaşiş kerak»
|04:11 / 19.04.202030 9019 min
Taniqli iqtisodçi Behzod Hoshimov Youtube portalidagi özining «Hoshimov iqtisodiyoti» loyihasida iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov va moliya vaziri Timur Işmetov bilan onlayn intervyu uyuştirdi.
Behzod Hoshimov, Timur Işmetov va Jamşid Qöçqorov.
Foto: Hoshimov Iqtisodiyoti / YouTube
Intervyuda koronavirus infeksiyasi tarqalgan şaroitlarda paydo böladigan moliya va iqtisodiyotga doir muammolar, ularni yeçiş yöllari muhokama etildi. Jumladan, karantin vaqtida aholi bandligi va işsizlikka qarşi kuraş masalalariga ham urğu berildi.
Jamşid Qöçqorov, boş vazir örinbosari:
— Birinçidan, maktablarimiz, boğçalarimiz, şuningdek, madaniyat, sport bilan boğliq taşkilotlar işlamayapti. Lekin ularning iş haqi berib kelinmoqda.
Ikkinçi masala — iş örnini yöqotgan va işsizlarga imkon doirasida ma'lum bir yengilliklar yaratişga harakat qilyapmiz. 19 martda prezident farmoni qabul qilinib, imtiyozlar belgilandi, inqirozga qarşi kuraş jamğarmasi tuzildi.
Farmonga köra, jamğarma içidagi xarajatlarga nazar taşlaydigan bölsak, jamoat işlarini taşkil qilişga qöşimça 400 mlrd söm ajratilmoqda. Biz yaqinda jamoat işlarining taşkil qilinişini örgandik. Haqiqatan ham, şu sohada juda köp işlar qilişimiz mumkin.
Farğona vodiysining bir tumanida turli tibbiyot birlaşmalarida, QVPlarda köplab singillarimiz, qizlarimiz, pensiyaga çiqqan opalarimiz 0,25 stavkada işlaydi. Ularni qişloqlarda odamlarga sanitariya-gigiyena qoidalari, pandemiyadan qanday saqlaniş yöllarini tuşuntirişga jalb qilib, ularga ma'lum bir miqdordagi iş haqi tölaşgan.
Bu — bevosita odamlarni qandaydir iş bilan band qiliş. Yana biri — yaqinda, ötgan haftada prezidentimiz banklar bilan yiğiliş ötkazdi. Unda bir jiddiy özgariş böldi. Banklarimiz endi yirik loyihalarni moliyalaştirişi emas, qandaydir iş örni yaratadigan, kambağallikka qarşi yönaltirilgan loyihalarni amalga oşirişi böyiça kelişib olindi.
Bir kator topşiriqlar berilgan, tijorat banklari böyiça işlayapmiz. Joylarda kiçik, lekin köproq odamlarni iş bilan band qiladigan loyihalarga e'tibor qaratmoqçimiz.
Mavzuga oid
Şu yönalişni asoslantiriş, işlab çiqiş ham kerak. Şunday taklif bor: 100 gektar suv çiqmaydigan joyga budjet hisobidan foizsiz ssuda ajratib, kooperatsiya taşkil qilib, öşa joyga suv çiqarib, yarim gektardan sabzavot, poliz mahsulotlari ekiş uçun işlayman degan, birinçi navbatda muhtoj va kambağal oilalarga bölib berilsa, 200 ta oila işli böladi. Şunga öxşaş köplab loyihalarni nazarda tutmoqdamiz.
Yana bir yönaliş — kiçik sanoat zonalari. Bizda tadbirkorlarga yer, mulk yoki bir binoni ajratiş mexanizmlari köngildagidek taşkil qilinmagan. Ular birinçi navbatda yer, infratuzilmaga ulaniş masalalarini qöyişmoqda. Kiçik sanoat zonalarini rivojlantiriş masalasi oldinga çiqmoqda. Şuning uçun bu masalalarni işlab çiqişda davom etyapmiz. Qöşimça qilişim mumkinki, ertaga şu masalalar böyiça banklar va hokimlarning birinçi örinbosarlari bilan telekonferensiya şaklida muhokama ötkazamiz.
Behzod Hoshimov, boşlovçi:
— Özbekistonda rasmiy bandlar 5,6 million, mehnatga layoqatlilar soni 19 million nafar. Mehnat vazirligiga köra, 5,5 million kişi norasmiy sektorda band. Kunbay işlaydigan mardikorlardan tortib, taksi haydovçilarigaça norasmiy sektorda band bölganlar iqtisodiy faoliyat töxtagani sababli hozir ança qiynalib qolişgan. Ya'ni rasman davlatdan maoş oladiganlar va norasmiy sektorda işlaydiganlar soni teng. Lekin keyingilari daromadsiz qolişdi. Boz ustiga, xorijdan mehnat muhojirlarimiz yuborayotgan pullar ham kamayyapti. Çunki boşqa davlatlarda ham iqtisodiy inqiroz röy bermoqda.
Köpgina rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar inqirozdan çiqib ketiş uçun aholiga töğridan-töğri pul ajratmoqda. Masalan, AQŞ 1200 dollardan, Hindiston, masalan, har bir fuqaro uçun 2 haftada 7 dollar ajratiş çoralarini öylaşmoqda. Töğridan-töğri pul berib, iqtisodiyot zanjirlarini qayta tiklaş borasida iqtisodçi sifatida fikrlaringiz qanday?
Jamşid Qöçqorov, boş vazir örinborsari:
— Bu masala media resurslarda juda köp kötarilmoqda. Bu haqida mart oyining örtalarida ham öylab körganmiz. Turli variantlarni körib çiqqanmiz. Şu kungaça biz bir xatoga yöl qöydik: jurnalistlar bilan deyarli muloqot qilmadik.
Pul tarqatiş masalasiga kelsak, aytganimdek, bu narsani öylab körganmiz. Iqtisodçi sifatida sizga javob beradigan bölsam, bu taklifga ijobiy qarayman. Faqat bu yerda bir murakkab savol örtaga çiqadi: qanday qilib va kimga? Pandemiya emas, boşqaça holat bölganida edi, naqd pulni uyma-uy yurib tarqatsak. Lekin boşqa mamlakatlar tajribasi körsatmoqdaki, qoğoz pulning özi ham virus taşuvçi ekan. Biz buni biroz keç tuşunib qoldik.
Xullas, kimga va qanday qilib tarqatiş mumkin, degan masala bor. Hozir siz legal işlab, soliq va tölovlarni tölaganlar nima böladi, degan savolni berasiz.
Siz keltirgan toifadagi odamlarning asosiy qismi, deylik, 80 foizi legal sektorda işlaganida edi, ularga pul tarqatiş borasida biror muammo bölmas edi. Kimdir köproq maoş olgan, kimdir kamroq. Bunga qarab ötirmasdan şartta belgilangan ma'lum bir miqdordagi mablağni barça işlovçilarga tarqatib çiqilardi.
Avvalo kimlarga, degan savolga gipotetik javob: 14 yo 16 yoşgaça bölgan bolalarga. Yana hali farzand körmagan, mustaqil oila qurib yaşayotgan yoşlarga. Qaniydi imkoniyat bölsa, şularni birinçi navbatda qöllab-quvvatlasak. Hozir legal işlab turganlarga tölasak, buni berkitişning hojati yöq, bozorlar yo dökonlarda işlayotgan yigit-qizlar, restoran yo kafelarda işlayotgan oşpaz yo uning yordamçisi, ofitsiant bölib, umuman, iqtisodiyotning köplab sektorlarida nolegal tarzda işlab yurgan yigit-qizlar nima böladi, degan savol yuzaga çiqadi va bunga birinçi yölimiz javob bermaydi.
Bu haqda biror qaror yöq, hozirça. Siz mendan iqtisodçi sifatida fikrimni söradingiz. Albatta, bu birinçidan iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş, rağbatlantiriş, talabni kengaytiriş bölsa, ikkinçidan, ma'lum bir çeklangan miqdorda pulni tarqatiş talabni judayam yaxşi rağbatlantiradi. Ham ijtimoiy, ham iqtisodiy ijobiy tomonlari bor. Lekin puli masalasi-çi, deyilsa sobiq moliya vaziri sifatida buning juda murakkab tomonlari borligini ham juda yaxşi tuşunaman. Şu sababli mikrofonni mamnuniyat bilan Timur Olimjonoviç Işmetovga beraman.
Timur Işmetov, moliya vaziri:
— Javob berişdan avval bir narsaga e'tiboringizni qarataman. Köproq birinçi savolga tegişli. Iqtisodiy inqiroz haqida iqtisodçi sifatida gaplaşmoqdamiz. Butun jahon hamjamiyatida iqtisodiy inqiroz boşlanib bölgani tan olingan. Boşqa, an'anaviy, klassik inqirozlardan farqli ölaroq, bu inqirozga butun jahon hamjamiyatining özi ongli ravişda asos solgan. Bu inqiroz kimdir yoki qaysidir davlatning notöğri xatti-harakati, qaysidir sohada notöğri iqtisodiy siyosat oqibatida kelib çiqmagan. Butun dunyoda hukumatlarning özlari iqtisodiyotlarini töxtatişga qaror qilişdi. Maqsad — öz xalqining hayotini saqlab qoliş.
Iqtisodçi sifatida iqtisodiy asoratlarni hisobga olişimiz kerak, töğri, lekin bosayotgan qadamlarimiz birlamçi sababni yöq qiladimi-yöqmi, buni ham hisobga olişimiz kerak.
Aholiga töğridan-töğri pul tarqatiş masalasida iqtisodçi sifatida Jamşid Anvaroviç kabi töliq qöllab-quvvatlayman. Hattoki 15 martda ilk yiğiliş bölganida ham bu masala örtaga taşlangan. Lekin öşanda bu savolga aniq javob bera olmaganman, çunki öşa paytda iqtisodiyotni qança muddatga töxtatib qöyişimizdan bexabar bölganman.
Mana, oradan bir oy vaqt ötdi, harakatlarni çeklovçi köplab qarorlar qabul qilingan, hozir tuşunib yetdikki, ahvol qançalik jiddiy. Hozir bu borada prezidentning ikkita qarori qabul qilingan bölsa, har ikki qarorda bu masala aks etib ötgan.
Birinçisi, nafaqa oluvçi oilalar 595 mingta bölib kelgan bölsa, qamrov 10 foizga oşirilişi körsatilgan. Bu yana salkam 60 mingta oila degani. Prezidentning ikkinçi qarorida nafaqat olayotganlarning nafaqasi avtomatik tarzda uzaytirib berilişi belgilangan. Bu degani — olib turganlar olişda davom etaverişadi, yangi qöşilganlariga ham beriladi. Hisob kitoblarga köra, nafaqa olayotgan oilalar 60 mingtaga emas, 120 mingtaga oşadi.
Banklarga ham xodimlariga oylik maoşlar berib turiş uçun xususiy sektorga qisqa muddatli kreditlar beriş borasida topşiriq berildi.
Masalaga administratsiya nuqtai nazaridan yondaşadigan bölsak, şak-şubhasiz, odamlarning bank hisob raqamiga yoki plastik raqami balansiga mablağ tuşirib beriş yöli bilangina amalga oşiriladi. Pul tarqatişda oila tamoyili böyiça yondaşiş kerak. Ya'ni har bir oilaga, uning a'zolari soniga qarab pul beriş kerak.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi