Kompyuter modellari sistemaning tabiatini öziga xos turli xil kombinatsion matematik modellarga asoslangan yaqinlaşuvlar yordamida tasvirlab beradi.
Ötgan asrda kompyuterda modellaştiriş zamonaviy fanning deyarli barça sohalarida rivojlanişning ajralmas qismiga aylandi. Kompyuter simulyatsiyalari fizika, astronomiya, klimatologiya, kimyo, biologiya, materialşunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar va muhandislik sohasida sistemalarni modellaştiriş uçun zarur vosita bölib qoldi.
Modellaştiriş tajribadan ustun
Sistemalar va ularning tabiatini zamonaviy texnologiyalar yordamida erişib bölmaydigan nanoölçamdagi aniqlik bilan tuşuniş uçun kompyuter simulyatsiyasidan foydalaniş mumkin. Agar bizda ba'zi sistemalarning eksperimental kuzatiş asosida qanday harakat qilişini tahlil qilib beradigan ma'lumotlar mavjud bölsa, biz uşbu hodisalar qanday sodir bölgani yoki aslida nima sababdan yuz bergani haqidagi savollarga javob berişimiz mumkin.
Quyida modellaştirişning bir qator afzalliklarini keltiramiz:
Xavfsizlik – odamga yoki atrof-muhitga zarar bermasdan sinab köriş yoki tajriba ötkaziş.
Prototip – yakuniy mahsulot işlab çiqarilişidan avval yangi mahsulotlarni loyihalaş va sinaş uçun modellardan foydalanişdan iqtisodiy tejaş.
Başorat qiliş – kelajakka boqib, ehtimoliy ta'sirlarni yoki yöqotişlarni ta'kidlab, muammolar paydo bölişidan oldin ularga yeçim topiş.
Vizualizatsiya – tizimdagi munosabatlarni köriş, tuşuniş va tahlil qiliş. Jarayonni vaqt böyiça tezlaştiriş yoki sekinlaştiriş.
Takrorlaş – model sistemani turli xil ssenariylar asosida parametrlarni özgartirib qayta takrorlaş.
Yuqorida ta'kidlanganidek, kompyuterda modellaştirişni juda köplab sohalarda qöllaş mumkin, masalan:
Materialşunoslikda – uglerod nanotrubkalari ösiş mexanizmlarini tuşunişda. Uglerodli nanotrubkalarni texnikada keng qöllanilişini sekinlaştirib turgan omil — bu 100 foiz bir xil tipdagi nanotrubkani sintez qiliş. Tajriba şaroitida ösiş bir neça soniyada röy beradi. Uşbu jarayonga ta'sir qilayotgan faktorlarni baholaş va bir xil tipdagi nanotrubkalarni sintez qiliş uçun kompyuter modellaridan foydalaniş qöl keladi.











