Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berişiça, podpolkovnik unvoni borligini aytgan haydovçi avval IIV tizimida işlaganini aytib YPX xodimlarini aldaşga uringan. Fuqaro içki işlar bölimiga olib borilganida, uning qöriqlaş xizmatlarini körsatuvçi MÇJda faoliyat yuritişi ma'lum bölgan.
Tekşiruv paytida Cobalt’dan IIV xodimlarining kakardasi taqilgan dala boş kiyimi va dala kiyimi, PR-73 rusumli rezina tayoq va uning ğilofi, qölbola usulda yasalgan nyuçaki uriş moslamalari topilgan. Ular aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.
Içki işlar organida ötkazilgan suhbat davomida Böka tumanida tuğilgan, ayni paytda Olmaliq şahrida yaşovçi 45 yaşar haydovçi özini içki işlar xodimi sifatida taniştirganidan tongan, YPX xodimlariga körsatgan guvohnomasida «podpolkovnik» unvoni yozilganligidan bexabar bölganini aytgan. Dösti tikib bergan qöriqlaş xizmati formasini esa yaqin kunlarda boşqaçaroq şaklda qayta tiktirişini bildirgan.
Toşkent viloyati IIBB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, mazkur holat yuzasidan Ohangaron şahar içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.











