Toşkent şahrining Mirobod tumanida röyxatdan ötib, ulgurji savdo turiga ega bölgan “D.F.” MÇJ mansabdor şaxslari mansab vakolatlarini suiiste'mol qilgan.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinovning xabar berişiça, ular karantin qoidalariga zid ravişda 7 nafar şaxsni işga qabul qiliş haqida buyruqlarni rasmiylaştirib, Davlat xizmatlari markazidan karantin davrida avtomaşinada harakatlaniş huquqini beruvçi stikerlarni noqonuniy olişga erişganligi aniqlangan.
Şu kabi, 9 ta mas'uliyati çeklangan jamiyati mansabdor şaxslari jami 18 ta holatda stikerlarni noqonuniy qölga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan 2020 yil 17 aprel kuni Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 192-11, 257-1 va 228-moddalar bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.


















