Jahon | 00:25 / 21.04.2020
29985
2 daqiqa o‘qiladi

Ekspertlar Rossiya avtobozori 50 foizga qulashini taxmin qilmoqda

2019 yilda Rossiya avtobozorida sotuv uch yil ichida ilk marta pasaydi - 1,759 mln dona yangi avtomobil sotildi

Foto: Raisa Ibragimova/TASS

Rossiyada yangi avtomobillar sotuvi 20 foizdan 50 foizgacha kamayishi kutilmoqda, deyiladi Boston Consulting Group (BCG) tadqiqotida. Ijobiy ssenariy amalga oshsa, sotuv miqdori 1,4 mln donagacha, salbiy ssenariyda esa 0,9 mln donagacha tushadi.

2019 yilda Rossiya avtobozorida sotuv uch yil ichida ilk marta pasaydi - 1,759 mln dona yangi avtomobil sotildi.

«Soha keskin inqiroz ta'siri ostida. 2020 yilda butun dunyodagi bozorlar 30-40 foizga qulamoqda», — dedi BSG «Avtomobilsozlik» yo‘nalishi rahbari Eduard Cherkin.

Cherkinning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil - rossiyaliklar koronavirus epidemiyasi sharoitida pul sarflamaslikni rejalashtirgan xarajatlarga kiradi. BCG tadqiqotiga ko‘ra, mamlakatning 42 foiz aholisi mashina sotib olishdan butunlay voz kechmoqchi.

Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi raisi Tomas Shterselning so‘zlariga ko‘ra, mart oxirida koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan choralar natijasida avtomobillar sotuvi va dilerlik operatsiyalari keskin to‘xtagan. 

Assotsiatsiya yanvarda bu yil yangi avtomobillar sotuvi 1,72 mln donagacha kamayishi mumkinligini bildirgandi.

«Avilon» avtodilerlik guruhi boshqaruvi raisi Andrey Pavlovich avtodilerlar may oxirigacha savdo qilmasa, 2020 yil natijalariga ko‘ra Rossiya avtobozori 30 foizga qulashi mumkin deb hisoblamoqda.  

«Hozir karantin aynan qachon bekor qilinishi va avtodilerlar qachondan ish boshlashini bilish muhim. Hozirda hech kim avtomobil sota olmas ekan, Rossiya avtobozoridagi sotuv hajmi aprelda nolga teng bo‘ladi», — dedi Pavlovich.

Mavzuga oid