Ispaniyada COVID-19 koronavirusi yuqtirib olgan şifokorlar soni 31 mingdan oşib ketdi. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi ma'lum qildi.

Vazirlikning bildirişiça, epidemiya boşlanganidan buyon bugungi kunga qadar 31 053 nafar şifokorda uşbu kasallik aniqlangan, 34 nafari vafot etgan.

Mamlakatda 20 852 kişi koronavirus natijasida vafot etgan, kasallikka çaliniş bilan boğliq 200 mingdan ortiq holat aniqlangan.

Ispaniya hozirda vafot etganlar soni böyiça uçinçi örinda (AQŞ va Italiyadan keyin) va koronavirusga çalinganlar soni böyiça ikkinçi örinda (AQŞdan keyin) turibdi.