Bu haqda JSST boş direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus matbuot anjumanida aytib ötdi. 

“CDC’dan köplab mutaxassislar bizni qöllab-quvvatlaşgan, ayniqsa pandemiya boşlangandan keyin. JSSTning CDC bilan hamkorligi uzoq tarixga ega va u pandemiyadan boşlanmagan. Bir tomondan, markazlar xodimlarining borligi yordam beradi. Ikkinçi tomondan, CDC’dan heç narsa yaşirilmagan. Birinçi kundan boşlab. Çunki amerikaliklar biz bilan işlagan va JSST oçiq-oydin bölgan, biz heç narsa yaşirmaymiz. Biz barça davlatlar xabarlarni darhol olişlarini istaymiz. Çunki bu davlatlarga tayyorlanişga yordam beradi”, deb aytgan JSST rahbari.    

Gebreyyesusning ta'kidlaşiça, taşkilotda sirlar yöq, çunki barça masalalar soğliqni saqlaş bilan boğlangan va hayotlarni saqlab qolişga taalluqli. “Biz JSSTda axborot olganimizda, qança odam kasallangani, qança odam ölgani haqidagi raqamlarni olamiz. Biz ularda şunçaki raqamlarni emas, balki muayyan şaxsni köramiz. Şu sababli sirlar yöq. Axborot paydo bölişi bilanoq u bilan bölişamiz”, deb qöşimça qilgan Gebreyyesus.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp JSSTni pandemiyaga qarşi kuraşda sustkaşlikda ayblab, taşkilotning Vaşington tomonidan moliyalaştirilişi töxtatilişini ma'lum qilgan. Trampning ta'kidlaşiça, JSST koronavirus haqida ma'luotlarni öz vaqtida taqdim qilmagan va barça haqiqatni jahon hamjamiyatiga yetkazmagan.