«Tölovlar va tölov tizimlari töğrisida»gi Qonun va yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuçga kirgani munosabati bilan tegişli tuzatişlar kiritiş zarurati yuzaga keldi, deb yozadi Norma. 
 
Nizomning ayrim normalari çiqarib taşlandi (tijorat bankining hisob-kitob çeklari va bank plastik kartalari orqali hisob-kitob qiliş töğrisidagi boblar), ayrimlari esa töldirildi. Çunonçi, yangilangan versiya hujjatda foydalaniladigan bir qator asosiy tuşunçalar bilan töldirildi. «Operatsiya kuni», «valutalaş sanasi», «1-son kartoteka», «2-son kartoteka», «masofaviy xizmat körsatiş tizimi», «elektron tölov vositalari» va boşqalar singari tuşunçalarga ta'rif berildi. 
 
Inkasso topşiriqnomalari bilan hisob-kitob qiliş tartibiga tuzatiş kiritildi. Ular tölovçining bankiga yoki mablağlarni oluvçiga yozma yoki elektron şaklda taqdim etiladi. «Qoğozdagi» topşiriqnomalar uç nusxada beriladi. Ularning ikkitasi ijro uçun bankda qoldiriladi, uçinçisi esa qabul qiliş sanasi körsatilgan holda bankning mas'ul xodimi tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan ştamp bilan tasdiqlanib, mablağlarni oluvçiga qaytarib beriladi.
 
Mablağlarni oluvçining bankiga inkasso topşiriqnomasi taqdim etilganda ikkita nusxasi tegişli jurnalda qayd etilgan holda poçta xizmati orqali mablağlarni tölovçining bankiga yuboriladi. ERI bilan tasdiqlangan elektron şakldagi inkasso topşiriqnomalari tölov tizimi orqali mablağlarni tölovçining bankiga ijro uçun yuboriladi.
 
Hujjat 13.04.2020 yildan kuçga kirgan.