Norvegiyada karantin çoralarini yumşatiş doirasida bundan bir oy avval yopilgan bolalar boğçalari qaytadan iş boşladi. Bunda gigiyena körsatmalariga qat'iy riyao qiliş şart: bolalar bilan faqat kiçik guruhlarda maşğulot ötkaziş mumkin.
Hukumat qaroriga köra, uç yoşgaça bölgan bolalar uç nafargaça, uç yoşdan olti yoşgaça bölganlar olti nafargaça tarbiyalanuvçi bölgan guruhlarga bölinadi. Hafta davomida boşlanğiç maktablar ham işlay boşlaşi kutilmoqda.
Norvegiya hukumati ikki hafta ilgari keskin çoralar bosqiçma-bosqiç yumşatilişini e'lon qilgandi. Qayd etilişiça, mamlakatda koronavirus epidemiyasi "nazoratga olingan".
Şu bilan birga, bar va restoranlar yopiqligiça qoladi, ommaviy va sport tadbirlarini ötkaziş iyun örtalarigaça bekor qilingan.
Norvegiya soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumot berişiça, mamlakatda koronavirusga çaliniş bilan boğliq 7 mingta holat qayd etilgan, 154 kişi vafot etgan.












