O‘zbekistonda 150 mingga yaqin kishi koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazilgan – shtab a'zosi
21 aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Habibulla Oqilov koronavirusga test olish ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, hozirgi kungacha 150 mingdan ortiq kishi koronavirusga testdan o‘tkazilgan. Yaqin kunlarda testdan o‘tkazilganlar sonini yarim millionga yetkazish rejalashtirilgan.
«Aholini koronavirusga testdan o‘tkazish ko‘rsatkichlari keyinchalik ham o‘sib boradi. Test olish qamrovini maksimal darajada oshirish orqaligina karantin shartlarini yumshatishga erishish mumkin», deya Habibulla Oqilovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlik vakili xususiy klinikalarda testlar qay tartibda o‘tkazilishi, ekpress-testlar, ayni testlarning aniqlik darajasi necha foizni tashkil etishi haqidagi savollarga javob qaytargan.
U xususiy tibbiyot tashkilotlariga tahlil o‘tkazish uchun ruxsat berilishi borasida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilganini ma'lum qildi. Biroq tahlillar asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining laboratoriya tahlillarini o‘tkazish imkoniyatlari yetarli ekanligi aniqlanganini bildirdi. Xulosaga ko‘ra, hozirgi kunda koronavirus infeksiyasini aniqlash borasida tahlil o‘tkazish jarayoniga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb etishga hojat yo‘qligi aytilgan.
Ayni paytda polimer zanjir reaksiyasi (PZR) yordamida laborator tekshirish o‘tkazilayotgani, uning o‘ziga xosligi, sezgirligi va aniqligi darajasi eng yuqorisiligi ta'kidlandi. Shu bilan birga, ekspress testlar o‘tkazilmayotgani aytildi.
Mavzuga oid
15:44 / 27.08.2020
Tibbiy niqob taqilishi bo‘yicha talab bekor qilinmagan – Oqilov
15:35 / 27.08.2020
Covid-19’ga chalingan bemor qanday holatlarda statsionar sharoitda davolanishi lozimligi ma'lum qilindi
15:26 / 27.08.2020
Antitanachalarni aniqlash uchun qaysi test eng informativ hisoblanadi? – shtab a'zosi javob berdi
22:31 / 02.08.2020