Jumladan, antitanaçalarni aniqlaş uçun qaysi test turi eng informativ hisoblanişi haqida söralgan.

«Heç bir test 100 foiz aniqlik bermaydi. Hozirgi vaqtda antitanaçalarni aniqlaşda eng informativ test — IXLA usuli hisoblanadi.

Ekspress-testlar ham yuqori aniqlikka ega, faqat taşiş va qöllaş qoidalariga rioya qilinganda», dedi Oqilov.

Şuningdek, murojaatçilardan biri har yili kuzda oilaviy grippga qarşi emlaş olişini aytib, bu yil ham emlaş oliş kerakmi, bu xavfli emasmi, deya söragan.

«Grippga qarşi mavsumiy emlaş koronavirusga heç qanday aloqador emas. Agar uşbu vaksinatsiyaga qarşi körsatmalaringiz bölmasa, odatiy tartibda oliş mumkin», deya javob berdi Habibulla Oqilov.

Yana bir murojaatda esa fuqaro öz oilasida keksa kişilar borligini aytib, bolani maktabga yuboriş qançalik xavfli bölişi haqida söragan.

«Agar farzandingiz maktabga borişini xavfli deb hisoblasangiz, onlayn ta'lim uçun ariza yozişingiz mumkin. Bu qarorni öquv yili davomida özgartirişingiz mumkin böladi.

Har qanday vaziyatda ham bolaga tibbiy niqobdan töğri foydalaniş, qöllarni yuviş, sanitayzerlardan foydalaniş va ijtimoiy masofani saqlaşni örgatişingiz kerak», dedi ştab a'zosi.