2016 yil 11 oktyabrga ötar keçasi noma'lum şaxs Jondor tumanida yaşovçi M.N.ning yaşaş uyiga ğayriqonuniy ravişda kirgan, deb yozmoqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

U yotoqxonadagi şkaf içidan 50 AQŞ dollari va 150 000 söm naqd pullarini öğirlab ketgan. Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi közdan keçirilib, barmoq izlari va boşqa daliliy aşyolar olingan. Biroq, öşa vaqtda olib borilgan suriştiruv işlari natija bermagan. Şunga qaramay, jinoyatni foş etiş borasidagi işlar davom ettirilgan.

Bildirilişiça, oradan 4 yil ötib uşbu şaxs yana jinoyatga qöl urdi. Suriştiruv davomida Jondor tumanida yaşovçi 28 yoşli gumonlanuvçi X.Yo tuman IIBga keltirilib, undan barmoq izlari olinganda, 2016 yil 11 oktabr kuni hodisa joyidan olingan barmoq izlari bilan bir xil ekanligi aniqlangan. 

Hozirda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari qayta tiklandi. Tergov davomida X.Yo.ning boşqa bir neçta jinoiy holatlarga ham aloqadorligi oydinlaşgan.