Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) loyihalar davlat organlari tomonidan mustaqil ravişda joylaştiriladi.
Adliya vazirligi xabariga köra, endilikda davlat tilida matni bölmagan, boşqa tilda kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portal ma'muriyati tomonidan avtomatik ravişda, muallifni ogohlantirib ötirmay öçiriladi.
20 aprel kuni portalga şu haqdagi ogohlantiriş joylaştirilgan.
Ma'lumot uçun, «Davlat tili haqida»gi qonunning 8-moddasiga asosan, Özbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining boşqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e'lon qilinadi.
«Adliya vazirligi ekspertiza yakunlari böyiça xulosada loyiha özbek tilida taqdim etilsin, deb yozadi. Çunki Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentining 49-bandida Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlari loyihalari Administratsiyaga davlat tilida, zarurat bölganda – boşqa tillardagi tarjimasi bilan birga kiritilişi belgilangan.
Bundan taşqari, Hukumatning 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 40-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari Hukumatga davlat tilida, zarurat bölganda – rus tili va boşqa tillarga tarjima qilinib kiritilişi lozim», – deyiladi vazirlik xabarida.












