Neft narxi keskin quladi, endi Özbekistonda ham benzin arzonlaşadimi?
|00:03 / 22.04.202082 5718 min
1-maydan Özbekistonda AI-80 markali benzin va dizelning çakana narxini davlat tomonidan tartibga soliş bekor qilinadi. Bu iste'molçilar uçun qançalik foydali böladi?
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Bu boradagi prezident qarori va umuman jahon neft bozoridagi noyob holat Özbekistondagi benzin narxiga qanday ta'sir qiladi?
Kun.uz muxbiri mutaxassislarning ayni mavzudagi fikrlari bilan qiziqdi.
«Yangi narxlar qanday bölişi va ular qanday şakllanişi hukumat belgilaydigan öyin qoidalariga boğliq»
Yuliy Yusupov, Iqtisodiy rivojlanişga kömaklaşiş markazi direktori:
– Bizda benzin va dizel yoqilğisi narxlari davlat tomonidan tartibga solinadi, ya'ni belgilab beriladi. Narxlar ança oldinroq erkin bozorga çiqarilişi kerak edi, ammo hozir – buning uçun qulay vaqt. Çunki jahon bozorida neft narxi keskin pasayib bormoqda.
Yangi narxlar qanday bölişi va ular qanday şakllanişi hukumat belgilaydigan öyin qoidalariga boğliq. Agar haqiqatan ham erkin bozor qoidalariga amal qilinsa, jahon bozorida kuzatilayotgan narxlar ortidan Özbekistonda ham yoqilği narxlarining tuşişi muqarrar.
Ammo biz sun'iy monopoliyalarni yaratişni yaxşi köramiz (bunga avtomobilsozlik sanoati eng yaqqol misol). Agar erkin bozor örniga şu kabi monopoliya ta'minotini yaratilsa, unda hammasi rasvo böladi. Ammo öyin qoidalari halol bölişiga umid qilib qolamiz.
Özbekistonda erkin bozor şaroitida yoqilği narxi taxminan Qirğizistondagi kabi böladi (Qozoğistondan möljal olmaslik kerak, çunki u yerda benzinga eksport bojlarini hisoblanmasligi sababli narxlar ançagina past).
«Bozor erkin bölmasa, narx ham erkin bölmaydi»
Avvalroq, 4 aprel kuni AQŞning Viskonsin universiteti doktoranti Behzod Hoşimov Telegram'dagi kanalida quyidagiça yozgandi.
– Neft narxi yaqin tarixdagi eng arzon marraga keldi. Energetika va yoqilği sektorida islohot qiliş uçun bundan yaxşi vaqt topib bölmaydi. Hozir davlat benzin subsidiyalaridan voz keçib, butun yoqilği sektorini xususiylaştirib yuborişi uçun bundan yaxşi vaqt bölmaydi. Çunki bunday arzon neft hisobiga, subsidiyalar olinganidan keyin ham, benzin narxi qimmatlaşmaydi va iste'molçilar islohotni xursandçilik bilan qabul qilişadi. Davlat ham harna bir narsa bilan kamroq şuğullanadi va budjet uçun mablağ tejaydi (Özbekiston 2017 yilda energetika subsidiyalariga
Neft narxi boşqa energoresurslar uçun narxni belgilagani uçun ham, energetika sohasidagi barça islohotlarni şu yilda qilib qöyiş kerak. Yil oxiriga kelib normal energetika sektori şakllanişi mumkin.
Yaqin yigirma yilda bunday imkoniyat bölmagan.
Benzin narxlari erkin qilinayotgani yaxşi yangilik. Lekin yoqilği bozorga kiriş uçun tösiqlar olinmas ekan, qöyilgan maqsadga erişiş qiyin böladi. Bilişimça, davlat bu bozordan çiqişni hali rejalaştirmayapti. Raqobat çeklanişi va bozorga yangi öyinçilar kirişini regulyatsiya qiliş – narx uçun yaxşi iş bölmaydi. Benzin işlab çiqariş va sotişdan davlat batamom çiqib ketişini ta'minlaş kerak.
Benzinga kelganda töliq erkin bozorga ötişning heç qanday yomon tomoni yöq. Şunday qilsak, barça yutadi. Agar bu bozorni töliq raqobatli va narx erkin belgilanadigan bozorga aylantirmasak, hozirgi narxlarni erkinlaştirişnig ma'nosi qolmaydi.
Bozorning erkinligi unda neçta taşkilot faoliyat olib borişi bilan emas, yangi öyinçi şu bozorga kirib kelişi uçun mavjud tösiqlar bilan ölçanadi.
Ya'ni agar bir faoliyat turi bilan şuğullaniş uçun tösiqlar köp bölsa va tösiqlarni işlab turgan taşkilotlar ijro qilsa, bu raqobatli bozor emas degani. Neçta taşkilot şu bozorda faoliyat yuritmasin, bozorni erkin deb bölmaydi. Bozor erkin bölmasa, narx ham erkin belgilanmaydi.
Umid qilamizki, yaqin kelajakda davlat bu sohadan tölaligiça çiqib ketadi. Qaytaraman, energetika va yoqilği sohasida islohot qiliş uçun hozirgidan yaxşi imkoniyat heç qaçon bölmagan va kelajakda bölmasligi ham mumkin.
«Barça iştirokçilarga teng imkoniyat beriş muhim»
Nodir Jumayev – Oliy Majlis deputati, iqtisod fanlari doktori, professor:
– Joriy etilayotgan holatni mazkur turdagi yoqilği mahsulotlarining arzonlaşişiga olib kelişi sifatida baholaş kerak emas.
Örnatilayotgan tartibga köra, narxlarni bozorning özi belgilaydi, ya'ni narxlar talab va taklif qonunlariga oid şakllanadi. Bundan anglaşiladiki, mahsulotga qançalik talab yuqori bölsa, narxlar ham şunga monand şakllanadi va aksinça.
Mazkur masalaning asosiy jihati – sohada soğlom raqobat muhiti va xizmat körsatiş sifatining qaror topişidir. Barça iştirokçilarga teng kiriş imkoniyatini va narxlarni şakllantirişning şaffofligini ta'minlaş muhim masaladir. Şu nuqtayi nazardan, qaror bilan 2020 yil 1 oktyabrga qadar neft-gaz tarmoğidagi barça korxonalarda korrupsiyaga qarşi «komplayens-nazorat» tizimi joriy etilişining belgilanişi ayni muddaodir.
Eslaylik, non va non mahsulotlari narxlarining bozor iqtisodiyoti şaroitida erkin şakllanişiga yöl oçilişi qanday holatni berdi? Bir narsani töğri tuşunib olişimiz kerak. Örnatilayotgan tartib, nafaqat mahsulotning narxi masalasida, balki uning sifatini ta'minlaş yuzasidan ham amalga oşirilyapti.
Tan olaylik, biz hanuzgaça töliq bozor iqtisodiyotiga ötmadik. Iqtisodiyotimizni bozor qonunlari doirasida şakllantirmas ekanmiz, raqobat muhitini rivojlantira olmaymiz, xalqaro bozordagi örnimizni boy beramiz. Monopol korxonalar özi istagan narxlarni örnatişda davom etadi. Bular jahon iqtisodiyotiga integratsiyalaşuvimizga xam salbiy ta'sir qiladi.
Qarorda 2020 yil 1 iyunga qadar yuqori malakali xorijiy ekspertlar va mutaxassislar, şu jumladan xorijdagi vatandoşlarni neft-gaz tarmoği korxonalariga işga yollaş töğrisida ham aniq çora-tadbirlar belgilab berilganki, bularning barçasi mazkur sohadagi şaffoflikni ta'minlaşdagi muhim qadamdir. Fikrimizça, körilayotgan çora-tadbirlar yoqilği-energetika sohasini soğlomlaştirişga, uning bozor iqtisodiyoti va raqobat muhitida faoliyat yuritişiga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti şaroitida işlab çiqaruvçi tomonidan mahsulot yaratiş davridagi xarajatlar (iş haqi, soliqlar, foyda va h.k.) hisobga olingan holda narx taklifi beriladi. Bozorda mazkur narx maqbul köriniş hosil qilmasa, ya'ni qimmat bölsa, sifatga ta'sir etmagan holda korxona mahsulot işlab çiqarişning nisbatan arzon bölgan, ilm-fan yutuqlariga tayangan va innovatsiyalaşgan variantidan foydalaniş yöllari ustida işlaşiga töğri keladi. Monopoliya va raqobatsiz holat ma'lum bir narxni iste'molçilar talabiga nomutanosib şakllanişiga olib keladi.
Şu nuqtayi nazardan olib qaraganda, eng muhimi narxlarning arzonligi yoki qimmatligi emas, uning maqbul holatda bölgani yaxşi, ya'ni işlab çiqaruvçiga ham, iste'molçiga ham manfaatli bölişi muhim.
«Özbekneftgaz» AJ raisi örinbosariUluğbek Aşurovning qayd etişiça, uşbu mexanizmning joriy qilinişi sohada raqobat muhitini kuçaytiradi, narxni tuşiradi hamda xizmat sifatini oşiradi.
«Mazkur mexanizmning aprel-may oylarida joriy etilişi benzin va dizel yoqilğisi narxining dunyo bozorlaridagi narxlardan kelib çiqqan holda pasayişiga olib keladi», deydi u.
Foto: Özbekneftgaz
Kun.uz`ga ma'lum bölişiça, Özbekiston 2020 yilda jami 1,1 mln tonna avtobenzin işlab çiqarişni rejalaştirgan (şundan 891 ming tonnasi – AI-80 markali). Bundan taşqari, 2,4 ming tonna Yevro 4 va 5 ekologik toifadagi benzin import qilinişi közda tutilmoqda.
Şuningdek, joriy yilda 1,2 mln tonna dizel yonilğisi işlab çiqariş va 1,6 ming tonna Yevro 4, 5 ekologik toifadagi yuqori sifatli dizel yonilğisini import qiliş rejalaştirilgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi