Suvdan-da arzonlagan «qora oltin». Neft, uni qazib oliş va eng katta konlar haqida
|06:17 / 21.04.202051 85717 min
Foto: REUTERS/StringerFoto: REUTERS/Stringer
«Jahon bozorida neft narxi arzonladi», «Brent turidagi neft narxi keskin kötarildi», «WTI neftining narxi nol dollarga tuşdi», «OPEC’ga a'zo davlatlar neft qazib çiqariş hajmini kamaytiriş haqida bir töxtamga kela olmadi» kabi gaplarni kunora öqiymiz yoki televizordan eşitamiz.
Bugun dunyo iqtisodiyotini nefsiz tasavvur qilib bölmaydigan zamonda uning zaxiralari, eng köp qazib olayotgan hamda jahon bozoriga çiqarayotgan davlatlar haqida qançalik bilamiz. Dunyo energetikasi uçun eng muhim xomaşyo hisoblangan, 2008 yil 1 barreli 147 dollargaça qimmatlagan, bugun esa -40 dollarga tuşib ketgan neft nima özi? Quyida şu haqda.
Neftning özi nima?
Neft uglerod, vodorod va yana bir neça hil kimyoviy moddalardan taşkil topgan suyuqlik hisoblanadi.
Neftning tarkibi:
Uglerod — 84 foiz;
Vodorod — 14 foiz;
Oltingugurt — 1-3 foiz;
Azot — 1 foizdan kamroq
Kislorod — 1 foizdan kamroq
Turli metallar — 1 foiz (temir, nikel, vanadiy, mis, xrom, kobalt, molibiden va boşqa metallardan iborat).
Neft nafaqat yoqilği, balki kimyo sanoatida yana köplab turdagi mahsulotlar işlab çiqariş uçun işlatiladi.
Dunyodagi eng çuqur neft koni Rossiyaning Saxalin yarim orolidagi çuqurligi 12 345 metr bölgan «OdoptuOP-11» koni hisoblanadi. Yerning yuza qismiga yaqin konlarda hatto 200 metrdan ham neft olinadi, ammo bunday konlar juda kam. Asosiy konlar 1000 metrdan pastda joylaşgan.
Neft qazib oliş tarixi
Mavzuga oid
«Neft» sözi bizga ruslar orqali kirib kelgan bölsa ham u forsça «Naft» sözidan olingan. Ruslarga arablar va turklar orqali ötib borgan. Neft şarq xalqlarida qadim zamonlardan beri ma'lum. Undan ilk marta Frot daryosi böyida yaşagan odamlar eramizdan avvalgi 4000-6000 yil avval foydalana boşlagan. Keyinçalik QadimgiMisr, Yunoniston, frakiyaliklar, rimliklar neftni turli maqsadlarda işlatgan. Öşa paytlarda asosan yer yuzasiga yaqin bölgan konlardan tabiiy holda oqib çiqib turgan neftdan foydalanilgan.
Neftni sanoat usulida qazib oliş XVIII asrda paydo böladi. Neftni sanoat usulida qazib çiqaradigan birinçi skvajina 1846 yilda Boku yaqinida qurilgan. AQŞda esa 1857 yilda qurilgan. Rasmiy ma'lumotlarda AQŞda qurilgan skvajina dunyoda ilk qurilgan deb tan olinadi.
Barrel
Bugun jahon bozorida sotilayotgan neft barrelda ölçanadi. «Barrel» sözi inglizça «Barrel» — boçka sözidan olingan. 1 barrel neftning hajmi 158,988 litrni taşkil etadi. Barrel sözining xalqaro qisqartmasi bbl tarzida yoziladi. Bugun «Ingliz barreli», AQŞ barreli», «Fransuz barreli» terminlari işlatiladi va ularning hajmi turli ölçamga ega. Neft ölçaşda işlatiladigan barrel inglizlar ölçovidan olingan.
Neft barrelda hisoblanadi. 1 barrel 159 litrga teng. Foto: Vikipediya
OPEC
Neft qazib oluvçi davlatlarning bir qismi neft eksport qiluvçi davlatlar taşkilotiOPEC (The Organization of the Petroleum Exporting Countries)ga a'zo. Ular Jazoir, Angola, Venesuela, Gabon, Iroq, Eron, Kongo, Kuvayt, Liviya, BAA, Nigeriya, Saudiya Arabistoni va Ekvatorial Gvineya. Ikki iqtisodiy gigant Xitoy va AQŞ bu taşkilotga a'zo emas. Şuningdek neft qazib oliş va sotişda yuqori örinlarda turadigan Rossiya ham OPEC’ga a'zo bölmagan. Taşkilot ştab-kvartirasi Avstriya poytaxti Vena şahrida joylaşgan. Bugun dunyo neft zaxirasining uçdan ikki qismi, uni qazib oliş va sotişning 33 foizi aynan OPEC’ga a'zo davlatlar hissasiga töğri keladi.
OPEC 1960 yil 10-14 sentyabrda Bağdodda bölib ötgan konferensiyasida Eron, Iroq, Kuvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuela vakillari tomonidan tuzilgan. Boşqa a'zolar keyinçalik qöşilgan.
OPEC’ga a'zo davlatlar har doim jahonda yuz beradigan voqea-hodisalar tufayli maslahatlaşib neft qazib çiqarişni köpaytiriş yoki kamaytiriş haqida qaror qabul qiladi. Neft narxi qimmatlaşganda qazib olişni köpaytiradi, arzonlaşganda esa, aksinça, kamaytiradi. Şu yöl bilan neft narxini ma'lum darajada nazorat qiladi.
Ayrim vaqtlarda taşkilotga a'zo davlatlar örtasida neft qazib olişni köpaytiriş yoki kamaytiriş böyiça kelişmovçilik bölib turadi. Şuningdek, OPEC taşkilotga a'zo bölmagan boşqa davlatlar bilan ham neft qazib oliş hajmi böyiça muzokaralar ötkazadi.
Bunday muzokaralar doim ham kelişuv bilan tugamaydi. Masalan, joriy yilning 6 mart kuni Venada OPEC va unga a'zo bölmagan davlatlar örtasida neft qazib oliş hajmini qisqartiriş böyiça muzokaralar ötkazildi. Unda taşkilot a'zosi bölmagan Rossiya OPEC vakili Saudiya Arabistonining jahon bozorida neft narxi tuşib ketayotgani sabab uni qazib olişni kamaytiriş haqidagi taklifiga könmadi va muzokaralar natijasiz yakunlandi.
Rossiya bilan kelişa olmagaç, Saudiya Arabistoni neft qazib oliş hajmini 2020 yilga belgilangan rejadan 26 foizga oşirdi va bu jahon bozorida neft narxining keskin pasayişiga sabab böldi.
Neft turlari
Bugun dunyoda bir neça navdagi neft qazib olinib, eksport qilinadi. Ularning içida maşhurlari — Brent,WTI va Urals neft navlaridir.
Foto: The National
Brent — jahon bozorida sotilayotgan neftning nomi Şimoliy dengizdagi Broom, Rannoch, Etive, Ness va Tarbert neft konlarining nomidagi boş harflardan taşkil topgan qisqartma.
WTI —jahon bozorida sotilayotgan neftning ikkinçi turi. Bu West Texas Intermediate sözlaridan olingan qisqartma. Nomidan körinib turibdi bunday turdagi neft ilk marta AQŞning Texas ştatida qazib olingan. WTI turidagi neft asosan benzin oliş uçun işlatiladi.
Urals — Rossiyaning eksportga çiqaradigan neft aralaşmasi. «Transneft» neft quvurlari tizimida Ural va Volgaböyi hududlarining oğir, oltingugurtga boy (ularning tarkibida oltingugurt miqdori 3 foizgaça yetadi) neftlari ğarbiy sibirning Siberian Light nefti bilan aralaştirilib sotiladi. API graduslarida ziçligi 31–32 (yoki 860–871 kg/m³).
Taqqoslaş uçun Brent va WTI navlari 38–40° APIga ega, tarkibida oltingugurt miqdori 0,2-0,4 foiz. Yaqin şarqning Oman va Dubai navlari 30-33° API, oltingugurt miqdori 1,1–2,1 foiz.
Neft zaxiralari va uni qazib çiqariş körsatkiçlari
BP Plc kompaniyasining baholaşiça bugun dunyo böylab jami aniqlangan neft zaxirasi 1,73 trillion barrelni taşkil etadi. (2018 yil ma'lumoti). Uning 1,24 trillion barreli OPEC’ga a'zo davlatlariga tegişli.
2018 yilda dunyo iqtisodiyoti rekord miqdordagi neft iste'mol qildi — kuniga 99,3 mln barrel. 2019 yilda bu körsatkiç yanada oşişi taxmin qilingan edi. Ammo AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşi bunga yöl qöymadi. Dunyo neftining katta qismini işlatadigan Xitoy iqtisodiyotining ösiş sur'atlari ana şu savdo uruşi ortidan biroz sekinlaşdi. Bu holat Xitoyning neft iste'moliga ta'sir qildi va mamlakat 2018 yildagidan kamroq neft import qildi. Bu öz örnida dunyo neft iste'moli körsatkiçiga ta'sir körsatdi.
Quyida dunyodagi eng katta neft zaxirasiga ega davlatlar röyxatiga nazar taşlaymiz.
Neft zaxirasi eng köp mamlakatlar (2018 yil ma'lumotlariga köra):
1. Venesuela — 300,3 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 17,5 foizi;
2. Saudiya Arabistoni — 297,7 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 17,2 foizi;
3. Kanada — 167,8 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 9,7 foizi;
4. Eron — 155,6 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 9,0 foizi;
5. Iroq — 147,2 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 8,5 foizi;
6. Rossiya — 106,2 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 6,1 foizi;
7. Kuvayt — 101,5 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 5,9 foizi;
8. BAA — 97,8 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 5,7 foizi;
9. AQŞ — 61,2 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 3,5 foizi;
10. Liviya — 48,4 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 2,8 foizi;
...
12. Qozoğiston — 30 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 1,7 foizi;
19. Ozarboyjon — 7 mlrd barrel, dunyo zaxirasining 0,4 foizi.
Eng katta neft zaxiralariga ega davlatlar röyxatining birinçi öntaligida joylaşgan davlatlarning yarmini OPEC’ga a'zo davlatlar (Venesuela, Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Kuvayt va Liviya) taşkil etadi.
Şuningdek, eng köp neft zaxirasiga ega davlatlarning hududi va aniqlangan neft zaxiralari örtasidagi tafovut ham juda katta. Masalan, Kuvayt hududi 17 818 kilometr kvadrat bölgan holda, aniqlangan neft zaxiralari 101,5 mlrd barrelni taşkil etadi. Rossiya Kuvaytdan 1000 barobar köp hududga ega bölsa ham aniqlangan neft zaxirasi Kuvaytnikidan biroz farq qiladi, xolos — 106,2 mlrd barrel.
Foto: The New York Times
Dunyo neft zaxirasining mintaqalar böyiça taqsimi:
Dunyo neft zaxirasi dunyo böylab juda notekis joylaşgan. Eng köp zaxira Fors körfazida — dunyo neft zaxirasining yarmi joylaşgan.
1. Fors körfazi — 48,3 foiz;
2. Markaziy va Janubiy Amerika — 18,8 foiz;
3. Şimoliy Amerika — 13,7 foiz;
4. Rossiya va MDH davlatlari — 8,4 foiz;
5. Afrika — 7,2 foiz;
6. Osiyo va Tinç okeani mintaqasi — 2,8 foiz;
7. Yevropa — 0,8 foiz.
Manba:BP Plc, BP Statistical Review of World Energy 2019.
Bugun dengizda yoki –20 daraja sovuqda qidiruv işlarini olib boriş, konlarini burğulaş, işga tuşiriş va neft qazib oliş oson iş emas. Şu tufayli bugun neft qazib olayotgan turli davlatlar «qora oltin»ni qazib olişda turliça xarajat qilmoqda.
Masalan, Saudiya Arabistoni 1 barrel neftni qazib oliş uçun 3 dollar atrofida mablağ sarflasa, Ğarbiy yarim şarning şimolida joylaşgan Kanada noqulay sovuq ob-havo şaroitida 1 barrel neft qazib oliş uçun 11,56 dollar sarflaydi. Asosan dengizdagi şelflardan neft qazib oladigan Buyuk Britaniya 1 barrel neft qazib oliş uçun 17,36 dollar mablağ sarflamoqda.
Quyida neft qazib oliş kimga qançadan tuşayotgani haqida ma'lumot (1 barrel neft uçun):
1. Eron — tannarxi 1,94$, jami xarajati bilan 9,09$;
2. Iroq — tannarxi 2,16$, jami xarajati bilan 10,57$;
3. Rossiya — tannarxi 2,98$, jami xarajati bilan 19,21$;
4. Saudiya Arabistoni — tannarxi 3$, jami xarajati bilan 8,98$;
5. Norvegiya — tannarxi 4,24$, jami xarajati bilan 21,31$;
6. AQŞ — (slanets) tannarxi 5,85$, jami xarajati bilan 23,35$;
7. Indoneziya — tannarxi 6,87$, jami xarajati bilan 19,71$;
8. Venesuela — tannarxi 7,94$, jami xarajati bilan 27,62$;
9. Nigeriya — tannarxi 8,81$, jami xarajati bilan 28,99$;
10. Braziliya — tannarxi 9,45$, jami xarajati bilan 26,64$;
11. Kanada — tannarxi 11,56$, jami xarajati bilan 26,64$;
12. Buyuk Britaniya —tannarxi 17,36$, jami xarajati bilan 44,33$.
Neft qazib olişda tabiy şaroitdan taşqari qazib olişni soliqqa tortiş ham muhim rol öynaydi. Masalan, AQŞ va Braziliyada neft qazib oliş uçun juda yuqori soliq belgilangani uçun uni qazib oliş xarajatlari keskin oşib ketadi.
Eng köp neft zaxiralariga ega davlatlarda aholi soni ham bir-biridan keskin farq qiladi. Şu sababli neft zaxiralari aholi jon boşiga hisoblaganda Fors körfazidagi aholisi kam davlatlar yuqori örinlarni egallaydi.
Neft zaxiralari (aholi jon boşiga hisoblaganda):
1. Kuvayt — 24 125 barrel;
2. Venesuela — 10 552 barrel;
3. BAA — 10 009 barrel;
4. Qatar — 8 912 barrel;
5. Saudiya Arabistoni — 7 776 barrel;
6. Liviya — 7 135 barrel;
7. Kanada — 4 536 barrel;
8. Iroq — 3 625 barrel;
9. Gayana — 3 193 barrel;
10. Bruney — 2 583 barrel;
...
12. Qozoğiston — 1 617 barrel;
...
17. Ozarboyjon — 696 barrel;
...
18. Rossiya — 548 barrel
(Manba: CIA World Factbook, Crude oil — proved reserves; United Nations, World Population Prospecs 2019)
Eng katta neft zaxirasiga ega davlatlar uni qazib olişda yetakçi emas. Masalan, Venesuela neft zaxiralari böyiça birinçi örinda tursa ham uni qazib olişda kuçli önlikning oxirida yuradi. Albatta, bunga bu davlatda oxirgi yillarda yuz berayotgan notinçliklar ham sabab bölayapti. Ammo notinçliklar boşlanişidan avval ham Venesuela neft qazib olişda birinçi örinda emas edi. Neft zaxirasi böyiça ança pastda bölgan AQŞ, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar uni qazib olişda yetakçi örinlarni egallaydi.
Yillik eng köp neft qazib oladigan davlatlar reytingi (yillik, 2018 yil ma'lumoti):
1. AQŞ — 571 mln tonna;
2. Saudiya Arabistoni — 561 mln tonna;
3. Rossiya 554 — mln tonna;
4. Kanada — 235 mln tonna;
5. Eron — 234 mln tonna;
6. Iroq — 221 mln tonna;
7. Xitoy — 190 mln tonna;
8. BAA — 175 mln tonna;
9. Kuvayt — 145 mln tonna;
10. Venesuela — 109 mln tonna.
Dunyodagi eng yirik neft konlari
Dunyodagi eng yirik neft konlari sirasiga zaxirasi 1 mlrd tonnadan oşiq bölgan konlar kiradi. Bunday konlar jahonda yuzga yaqin va dunyoning turli davlatlarida joylaşgan. Ular orasida 100 yil oldin oçilganlari ham bor.
1. Al-Ğovar, Saudiya Arabistoni
1948 yilda oçilgan. 12 mlrd tonna zaxirasi bor Saudi Aramco kompaniyasiga tegişli.
2. Katta Burqon, Kuvayt
1946 yilda oçilgan. 11 mlrd tonna zaxirasi bor. Kuwait Petroleum Corp kompaniyasiga tegişli.
3. Bolivar Kostal, Venesuela
8,3 mlrd tonna zaxirasi bor. Petroleos de Venezuela kompaniyasiga tegişli.
4. Yuqori Zakum, BAA
1969 yilda oçilgan. 7 mlrd tonna zaxirasi bor. ADNOC, ExxonMobil, Japan Oil Development Co. kompaniyalari hamkorlikda foydalanadi.
5. Şimoliy/Janubiy Pors, Qatar
1991 yilda oçilgan. 7 mlrd tonna zaxirasi bor. Qatar Gaz,Petropars kompaniyalariga tegişli.
6. Kaşagan, Qozoğiston
2000 yilda oçilgan. 6,4 mlrd tonna zaxirasi bor. Eni,QazMunayGaz,Total,Shell, Exxon Mobil, CNPC, Inpex kompaniyalari hamkorlikda foydalanadi.
7. Samotlorskoye, Rossiya
1965 yilda oçilgan. 6,2 mlrd tonna zaxirasi bor. «Rosneft» kompaniyasiga qaraşli.
8. Datsin, Xitoy
1959 yilda oçilgan. 5,7 mlrd tonna zaxirasi bor. PetroChina kompaniyasiga tegişli.
9. Saffaniya-Xofji, Saudiya Arabistoni, Kuvayt
1951 yilda oçilgan. 5,5 mlrd tonna zaxirasi bor. Kuwait Petroleum Corp, Saudi Aramco kompaniyalari hamkorlikda işlatadi.
10. Geçsaran, Eron
1928 yilda oçilgan. 5,2 mlrd tonna zaxirasi bor. NIOC kompaniyasiga tegişli.
Neft eksportida ham neft zaxirasi köp yoki uni eng köp qazib oladiganlar yuqori örinlarda emas. Faqat Saudiya Arabistoni har uçala röyxatda ham yuqori örinda. Qolganlarning örni almaşib turadi.
Neft eksporti (2018 yil, örtaça bir kunda)
1. Saudiya Arabistoni — 8,3 mln barrel;
2. Rossiya — 5,22 mln barrel;
3. Iroq — 3,8 mln barrel
4. AQŞ — 3,77 mln barrel;
5. Kanada — 3,59 mln barrel;
6. BAA — 2,29 mln barrel;
7. Kuvayt — 2,05 mln barrel;
8. Nigeriya — 1,99 mln barrel;
9. Qatar — 1,47 mln barrel;
10. Angola — 1,42 mln barrel;
11. Qozoğiston — 1,29 mln barrel;
...
16. Ozarboyjon — 813 ming barrel;
Agar neft import qiluvçi davlatlar röyxatiga qaraydigan bölsak, bozorning asosiy iste'molçilari Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Xitoy kabi davlatlarni köriş mumkin. Ajablanarlisi, ular orasida AQŞ ham bor. Dunyo neft bozorining katta qismini AQŞ neft kompaniyalari nazorat qiladi va dunyo böylab qazib olinayotgan neftning katta qismini ular xarid qiladi va qayta sotadi. Şu uçun ham AQŞ neft import qiladigan davlatlar orasida ham yetakçi örinlarda turadi.
Eng köp neft import qiluvçi davlatlar (2018 yilda, örtaça bir kunda)
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi