Bu haqda podşohlikning SPA axborot agentligi xabar berdi.
“Koronavirusga qarşi kuraş doirasida köçaga xarid uçun çiqiş va şahar böylab harakatlanişga ruxsat beriladigan vaqtni özgartirişga qaror qilindi. Avvalroq kunböyi komendantlik soati amal qilgan hududlarda röza vaqtida zarurat bölganda yaqin oradagi dökonlar va dorixonalarga boriş uçun öz uylarini soat 9 dan 17gaça tark etişga ruxsat berildi. Biroq bu hududlarda avtotransport harakatlanişiga çeklov saqlanib qoladi. Qa'iy taqiqlar kiritilmagan hududlarda esa şahar böylab soat 9dan 17gaça erkin harakatlanişga ruxsat beriladi”, deyilgan xabarda.
Talabçanlikning böşaştirilişi karantinga yopilgan hududlarga amal qilmaydi, ular avvalgidek töliq izolyatsiyada qoladi.
Saudiya Arabistonida komendantlik soati 23 martdan joriy qilingan. Unga köra keçki soat 19dan tonggi 6gaça harakatlaniş taqiqlangandi.
20 aprelda Saudiya Arabistoni hukumati islom dinining ikki boş muqaddas qadamjosi - Makkadagi Masjidul-harom va Madinadagi Nabaviy masjidlari Ramazonda ham yopiq qolişini e'lon qilgan.
Ayni vaqtda podşohlikda koronavirusga 11,6 mingdan köproq kişi çalingan, 109 kişi undan vafot etgan.













