Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh shtatining koronavirus bo‘yicha da'vosini sudni mazax qilish deb atadi
XXR tashqi ishlar vazirligi vakili Gen Shuan Xitoy rahbariyatining harakatlari Amerika sudlari yurisdiksiyasi ostida emasligini eslatib o‘tdi.
Missuri shtatining Xitoyni koronavirus tarqalishi bo‘yicha ma'lumotlarni yashirishda ayblab bergan da'vo arizasi sudni mazax qilishdir, dedi XXR tashqi ishlar vazirligi vakili Gen Shuan.
Diplomat bu ayblovda hech qanday asos yo‘qligini aytdi. Gen Shuanning ta'kidlashicha, Xitoy hukumati epidemiya boshlanganidan buyon Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, AQSh va boshqa davlatlarni vaziyat borasida maksimal darajada ochiq tarzda xabardor qilib kelgan.
U shuningdek, Xitoy rahbariyatining harakatlari Amerika sudlari yurisdiksiyasi ostida emasligini eslatib o‘tdi.
Avvalroq Missuri shtati Xitoy hukumatini koronavirus pandemiyasi sababli sudga bergandi. Shtat bosh prokurori Erik Shmittning fikricha, Pekin COVID-19 borasida dunyoni "aldagan" va epidemiyani dastlabki bosqichida to‘xtatish uchun juda oz ish qilgan.
Donald Tramp ma'muriyati so‘nggi paytlarda Xitoyga qarshi qaratilgan ayblovlar otashini yanada olovlantirib, Chinni epidemiya sababchisi sifatida ko‘rsatishga urinmoqda.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026