Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, yanvar-mart oylarida Özbekiston 130,4 million dollarlik avtomobillar import qilgan.
Qayd etilişiça, ötgan yilning şu davriga nisbatan özgariş sur'ati 22,6 foizni taşkil qilgan.
Şu bilan birga, yanvar-mart oylarida 496,8 mln dollarga aniq sohalar uçun maxsus möljallangan maşinalar sotib olindi.
Avtomobillarning ehtiyot qismlariga 239,9 mln dollar sarflandi. Sanoat uçun maxsus bölmagan maşinalar va ularning detallari 299,3 mln dollarga tuşdi.
Eslatib ötamiz, bundan oldin avtomobillar importi 300 mln dollardan oşgani xabar qilingandi.












