“Yangi örtaça global harorat rekordi yaqin beş yil (2020-2024 yillar) içida qayd etilişi mumkin”, deyilgan JMTning 22 aprelda nişonlanadigan Xalqaro Ona yer kuniga bağişlangan bayonotida.
“Prognozlarga köra, okeanlar sekin ilişi bilan birga ayniqsa baland kengliklarda va quruqlikda harorat yanada oşişi ehtimoli yuqori”, deyilgan taşkilotda. Mutaxassislar iqlim özgarayotgani va uning sayyoraga ta'sirining alomatlari kuçayayotganiga e'tibor qaratişgan. Bu alomatlar oxirgi 5 yil içida rekord darajaga yetgan. JMTda ta'kidlanişiça, harorat bu iqlim indikatorlaridan birigina hisoblanadi. Boşqa indikatorlar – atmosferada uglerod ikki oksidi (SO2)ning miqdori, okean qizişi va kislotalilik darajasi oşişi, dengiz sathi kötarilişi va Arktika hamda Antarktikada dengiz muzi balansining özgarişi hisoblanadi. Ayni vaqtda barça indikatorlar oxirgi 5 yil içida iqlim özgarişi kuçayayotganidan darak bermoqda.
Ta'kidlanişiça, koronavirus pandemiyasi “issiqxona gazining atmosferaga çiqişini vaqtinçalik kamayişiga olib kelişi mumkin”. Biroq bu xalqaro hamjamiyatning iqlimni himoyalaşda boşqa qat'iy çoralar körişi şartmasligini anglatmaydi. “Biz iqlim özgarişiga qarşi kuraşda koronavirusga qarşi kuraşdek qat'iyatlilik va birdamlikni namoyiş qilişimiz lozim”, deb aytgan taşkilot boş kotibi Petteri Taalas.
Buning uçun davlatlarning “insoniyat salomatligi va farovonligi yölida nafaqat yaqin oylar va yillar, balki köp avlodlarga oldinroqqa birgalikdagi harakatlari talab etiladi”. JMT rahbari şu munosabat bilan davlatlarni ob-havoning keskin özgarişi oldini oliş tizimlarini mustahkamlaşga çaqirgan.
Ma'lumot uçun, Xalqaro Ona yer kuni 2009 yilda BMT Boş assambleyasining 63-sessiyasida ta'sis etilgan. Bu kun har yil 22 aprelda nişonlanib kelinadi.












