Space X fazoviy kompaniyasiga tegişli Falcon 9 raketa-taşuvçisi yangi internet tarmoğini şakllantiruvçi Starlink sun'iy yöldoşlarining navbatdagi partiyasini orbitaga olib çiqdi. Bu haqda Space X rasmiy sahifalarida ma'lum qilindi.

Xuddi 18 martda bölgani kabi bu gal ham 60ta mini suniy yöldoş orbitaga olib çiqilgan. Space X muassisligidagi Starlink internet tarmoği uçun möljallangan bunday sun'iy yöldoşlar soni orbitada 420taga yetdi. Ularning barçasini dunyoning eng yirik kosmik kompaniyasiga aylangan Space X koinotga olib çiqqan.

Toşkent vaqti bilan 22 aprelga ötar keçasi 00:30da raketa parvozini boşladi va 15 daqiqa ötib 60ta sun'iy yöldoş Yerdan 212-386 km balandlikda joylaştirildi. Space X injyenerlarining nazoratidan söng har biri 260 kg keladigan sun'iy yöldoşlar özida örnatilgan ionli dvigatellar yordamida 550 km balandlikka kötariladi.

Ma'lumot uçun, Space X umumiy hisobda yettinçi marta uşbu turdagi muvaffaqiyatli parvozni amalga oşirdi va natijada 420ta sun'iy yöldoş koinotga olib çiqildi. Bu galgi parvozdan 30 daqiqa ötib Falcon 9 raketa-taşuvçisi odatdagidek Atlantika okeanida joylaşgan «Of Course I Still Love You» (tarjimasi «Albatta, men hamon seni sevaman») nomli suzuvçi platformada muvaffaqiyatli qönişni amalga oşirgan.

Şu örinda Falcon 9 köp marta foydalanilgan ilk raketa-taşuvçi ekanini ta'kidlaş kerak. U törtinçi marta orbitaga parvozni amalga oşirdi.

Space X bunday sun'iy yöldoşlarning kamida 12 ming (köpi bilan 30 ming) donasini koinotga olib çiqişni va bu orqali Starlink arzon internet tarmoğini tuzişni rejalaştirgan. Agar bu iş amalga oşsa, Starlink butun Yer aholisiga keng polosali, sifatli va arzon internetdan foydalaniş imkonini beradi.

10 milliard dollarga baholanayotgan bu loyiha 2020 yildayoq Şimoliy Amerikani internet bilan ta'minlaşni boşlaşi mumkin. 2021 yilda esa loyiha butun dunyoni qamrab olişi maqsad qilingan. Space X xöjayini Ilon Maskning aytişiça, yana kamida 60 ta sun'iy yöldoş ortilgan oltita muvaffaqiyatli parvozni amalga oşirgandan söng ta'minotni boşlaş haqida öylaş mumkin.