– Uluğbek aka, jamoaning moliyaviy holati qanday? Avvalroq klub öyinçilari 2020 yilda umuman maoş olişmagani haqida xabarlar tarqalgandi.

– Jamoaning moliyaviy holati yaxşilanmoqda. Futbolçi, murabbiy va xodimlarga yanvar oyi maoşlari berildi. Homiylarimiz şu haftada fevral oyligini berişni ham ma'lum qilişgan.

Bugungi kunda Özbekistondagi, umuman, butun dunyodagi homiylik hisobiga yaşaydigan klublar koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz tufayli oğir vaziyatni boşdan keçirmoqda. Lekin bunday holat «Bunyodkor» tarixida birinçi bor sodir bölayotgani yöq. Esingizda bölsa, 2010-2011 yillarda ham klubda inqiroz yuz bergan.

Şuni aytişim kerakki, klubga 9 yil davomida UzTransGaz homiylik qildi. 2020 yildan esa Uzbekneftegaz homiyligi ostiga ötganmiz. Avvalgi intervyuda boş murabbiyimiz Vadim Abramov biroz yanglişgan. Jamoaning hozirgi homiysi UzTransGaz emas, Uzbekneftegaz`dir.

– Jamoaga biriktirilgan homiylar aslida pul berişga majburmi yoki bu ularning ixtiyoridami?

– Hukumat qarori bilan klublarga homiylar biriktirilgan. Lekin qança mablağ beriş, yillik smeta miqdorini belgilaş homiy taşkilotlar ixtiyorida.

– Klub boqimandalikdan xalos böliş uçun nimalar qilmoqda?

– «Bunyodkor» – özini-özi boqiş uçun yangiliklar qilişga urinayotgan klublardan biri. Mana, ötgan mavsumdan beri bir qança kompaniyalar bilan ularning brendlarini uy öyinlarimizda, liboslarimizda, saytimizda reklama qiliş böyiça şartnomalar imzoladik. Akademiyamizda tijorat yönalişini yölga qöydik, ya'ni badal puli evaziga maşğulotlarimizga qatnaydigan yoş futbolçilar guruhlarini taşkil etdik. Bundan taşqari öyinçilarimiz transferi va ijarasidan ham daromad topyapmiz. Ammo tan olişimiz kerakki, bular yetarli emas. Biz köproq pul topişga majburmiz, çunki yutuqlar ortida katta sarf-xarajatlar turadi.       

Pandemiya tugaganidan söng stadionimizda konsertlar, yilda 1-2 bor xorij klublari bilan örtoqlik öyinlari taşkil etmoqçimiz. Örtoqlik bahslariga eng kamida Turkiya jamoalarini taklif etişni maqsad qilganmiz. Bu yöl orqali çiptalar savdosidan, teletranslatsiyalardan yaxşigina mablağ topsak böladi.

– PFL klublarning boqimandalikdan qutulişi uçun ularga erkinlik yaratib beryaptimi?

– Butun dunyodagi klublar asosan 2 xil yöl bilan daromad topadi: teletranslatsiyalar va reklamalar. Lekin bizning klublar uçun bu yöllar yopilgan desam ham böladi. Çunki teletranslatsiyalar töliğiça PFL qölida. Ammo bizda translatsiyalardan köp pul tuşadi, deb ham bölmaydi. Maydon çetidagi reklama bannerlarining esa 50 foizi klublarga berilgan. Bu borada ham çeklovlar mavjud. Masalan, PFL Coca Cola bilan şartnoma imzolagani uçun klublar boşqa gazlangan içimliklar kompaniyalariga reklama xizmatini taqdim eta olmayapti.