Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

10 mln kishilik shaharga boshqa shaharlar aholisi va u yerda ro‘yxatdan o‘tmagan transport kirishi taqiqlandi.

Avvalroq Xarbinga Xitoy tashqarisidan yoki epidemiya hududlaridan kelganlar 28 kunlik karantinni o‘tishlari kerak bo‘lgan. Shahar rahbariyati koronavirus tarqalishi qayd qilingan turar-joylarni ham 14 kunga yopishga qaror qilgan.

Xarbin Rossiya bilan chegaradosh Xeylunszyan provinsiyasi poytaxti hisoblanadi.

Shaharda koronavirusga chalinganlar soni 52 nafarga yetgan. Ulardan 3 nafari Rossiyadan kelgan. Shu bilan birga yana 1400 kishi kuzatuv ostida qolib, ular koronavirus alomatlari mavjudligiga tekshirilmoqda.