24 aprel 06:00da boşlab Samarqand viloyati Toyloq tumaniga kiriş va çiqiş çeklanadi. Bu haqda Zarnews.uz saytining telegramdagi sahifasida e'lon qilingan.
«Koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşişga qaratilgan karantin tadbirlarini samarali taşkil etiş maqsadida 2020 yil 24 aprel kuni soat 06:00dan boşlab Toyloq tumaniga kiriş va çiqiş çeklanadi», deyiladi postda.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tumandagi qişloqlarning orasida ham beton tösiqlar örnatilgan va fuqarolarning qişloqlararo harakati çeklangan. Qişloqlarda faqat bitta tuman markaziga çiqadigan yöl oçiq qoldirilgan. Maxsus ruxsatnomasi borlar, oziq-ovqat dökonlariga mahsulot yetkazayotgan ulovlar, şuningdek, tez yordam maşinalar faqat bitta yöl orqali tekşiruvdan ötkazib, qişloqlarga kirmoqda.
Toşkent-Termiz trassasi böyidagi Toyloq tumanining Samarqand tumani bilan çegarasida esa mart oyining oxirida post taşkil qilingan va maşinalar ruxsatnoma bilan ötkazilayotgandi.
Ma'lumot uçun, Jomboy, Samarqand va Urgut tumanlari bilan çegaradoş bölgan Toyloq tumanida 200 mingdan köproq odam istiqomat qiladi.













