Tuman hokimligi axborot xizmati xabariga köra, Dilşod Musinov joriy yil mart oyida Turkiya davlatida xizmat safarida bölgandi. Özbekistonda karantin e'lon qilingaç, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qaroriga asosan, çet davlatlardan qaytgan fuqarolar 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya şaroitida böliş belgilab qöyildi.

Şu tarzda xorijdan qaytgan fuqarolar bilan birgalikda D.Musinov ham karantinga olingan edi.

Bugun, 23 aprel kuni Payariq tuman hokimi karantindan çiqib, iş faoliyatini boşlagan. U Kun.uz muxbiri bilan telefon orqali muloqotida karantindagi taassurotlarini aytib berdi.

«Qisqa vaqt içida pandemiya avj olib ketişini, albatta, heç kim kutmagandi. Turkiyada ham kasallik şiddat bilan oşib bordi. Xizmat safarimiz tugagaç, «Özbekistonning qayeriga bölsa ham yetib olsam böldi», degan birgina öy bor edi menda.

Charter reys bilan bizni Buxoroga olib kelişganida barçamiz yengillik his qildik. Hamma qatori «Sitorai Mohi Xosa» sihatgohida karantinga joylaşdim. Tuman hokimi ekanimni birov bilgani ham yöq. Çunki hammamizda bitta maqsad — soğ-salomat, tinçgina karantin muddatini ötab, oilamiz va işimizga qaytiş edi.

Ikkinçi tomondan, yurtga kelib qat'iy karantin çoralarini körib, xotirjamlik his qildim. Xorijda dastlab odamlarning e'tiborsizligiga guvoh bölgandim. Masalan, Turkiyaning özida kasallanganlar soni 90 mingdan oşib ketdi.

Kim bölişidan qat'i nazar, faqatgina qattiq intizom, ehtiyotkorlik bilangina xalqimizni bu ofatdan saqlaşimiz mumkin», deydi Dilşod Musinov.