Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Ğarbiy Yevropaning koronavirusga qarşi kuraşdagi tajribasini tanqid ostiga oldi. Lukaşenkoning çiqişini STV telekanali özining YouTube-kanaliga joyladi.
Lukaşenkoning fikriça, karantin immunitetni susaytiradi va ruhiy soğlomlikni zaiflaştiradi, buning natijasida odam koronavirusga oson çalinuvçan bölib qoladi.
«Ikkinçi tölqin yuz berganidan zaiflaşgan, xonadonlaridan köçaga çiqqan odamlar virus yuqtiradi. Virus esa qurbonlarini kutmoqda», — dedi u.
U immuniteti susaygan odamlar karantindan keyin yana virusga çalinadigan bölsa çeklov çoralaridan ne naf, deya savol berdi.
Lukaşenko avvalroq koronavirusni «yengil gripp» deb atagan va aholini xavotirlanmaslikka çaqirgandi.
Ayni vaqtda Belarusda epidemiyaga qarşi tadbirlar ötkazilmoqda, biroq hukumat karantin joriy qilinmagan.













