«Saxovat va kömak» jamğarmasi va uning bölinmalari Qoraqalpoğiston, viloyatlar va poytaxt bölimlari, tumanlar (şaharlar) bölinmalari huzurida yuridik şaxs taşkil etmagan holda oçiladi.
Norma’ning yozişiça, jamğarma mablağlari karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, köp farzandli oilalarga, nogironligi bölgan şaxslarga va yolğiz qariyalarga, öz daromadini yöqotgan vaqtinça işsiz bölgan jismoniy şaxslarga yordam beriş uçun işlatiladi. Ular pul mablağlari, kundalik iste'mol tovarlari, dori vositalari va boşqa mahsulotlar bilan ta'minlanadi.
Jamğarma mablağlarini quyidagilar tasarruf etadilar:
respublika miqyosida – «Mahalla» fondi Vasiylik kengaşi;
hududlar miqyosida – Jöqorği Kenges va tegişli xalq deputatlari kengaşlari.
Jamğarma mablağlari homiylik va xayriya mablağlari, yuridik va jismoniy şaxslarning, şu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari, mahalliy budjetlar daromadining rejadan ortiq bajarilişidan tuşgan mablağlarning bir qismi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan şakllantiriladi. Mablağlar tijorat banklarida oçilgan milliy va çet el valutasidagi alohida hisobvaraqlarda yiğiladi. Ulardan foydalanilişi ustidan kundalik jamoatçilik nazorati örnatiladi.
Tuman va şaharlarda har bir sektor rahbari mahallalar bilan birgalikda har bir oilaning moddiy ahvolini örgangan holda haftalik yordam körsatiladigan ehtiyojmand oilalar röyxatini şakllantiradi. Ularga berilişi kerak böladigan mablağlar, dori vositalari va boşqa mahsulotlar hajmi ham belgilanadi. Yiğilgan ma'lumotlar xalq deputatlari mahalliy kengaşlariga kiritiladi.
Tuman va şahar bölinmalarida yiğilgan mablağlar ehtiyojmand oilalar talablarini qondiriş uçun yetarli bölmaganda tegişli yuqori turuvçi jamğarmalarga murojaat qilinadi.
Jamğarma va uning bölinmalariga mablağlarning kelib tuşişi va ulardan foydalanilişi böyiça ma'lumotlar OAVda e'lon qilib boriladi. Jamğarmaga mablağ ötkazib bergan şaxslarning röyxati (ularning roziligi asosida) keng jamoatçilikka ma'lum qilib borilişi mumkin.
Hujjat 22.04.2020 yildan kuçga kirgan.











