Tojikistondagi vaziyat. Koronavirus yöq, muammolar köp
|02:59 / 24.04.202099 86412 min
Tojikiston koronavirusdan zararlaniş holati qayd etilmagan sanoqli davlatlardan biri bölib qolmoqda. Virus rasman aniqlanmagan bölsa-da, Tojikiston ham dunyoda hukm surayotgan iqtisodiy inqirozdan qiynalmoqda.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Oziq-ovqat muammosi
Tojikiston hududining 93 foizini toğlar taşkil qiladi. Mamlakatda ekin ekiladigan maydon juda kam. Irrigatsiya inşootlari bölmagani uçun uning bir qismi boğdorçilik bilan band. Şu sabab mamlakat öz ehtiyoji uçun yetarli darajada kundalik zarur qişloq xöjalik va oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştira olmaydi. Oziq-ovqatning katta qismi boşqa mamlakatlardan import qilinadi.
Tojikistonning eksport-import körsatkiçlarida juda katta farqni köriş mumkin. 2018 yilda mamlakatning umumiy tovar aylanmasi 4,223 milliard dollarni taşkil etgan. Undan eksport körsatkiçi 1,074 milliard dollar, import esa 3,150 milliard dollar bölgan. 2019 yilda umumiy tovar aylanmasi 4,523 milliard dollar, şundan eksport 1,174 milliard, import 3,349 milliard dollarni taşkil etgan. Körib turganingizdek, import va eksport orasidagi farq uçga bir nisbatda va bu yaxşi emas. Mamlakat importining salmoqli qismini oziq-ovqat mahsulotlari, ğalla, un va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlari taşkil etgan.
Tojikiston Respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlariga köra, joriy yilning birinçi çoragida Tojikiston eksporti ötgan yilning şu davriga qaraganda 16 foizga kamaygan. Import esa 15,5 foizga köp bölgan.
Aprelda yoqqan qor mevali daraxtlar va qişloq xöjaligi ekinlariga jiddiy zarar yetkazdi
9-10 aprel kunlarida Şimoliy Muz okeanidan Rossiya orqali kirib kelgan sovuq havo oqimi Tojikiston uçun kutilmagan noxuş holatni keltirib çiqardi. Aprel oyi uçun xos bölmagan tarzda yoqqan qor va sovuq ob-havo Tojikistonda jiddiy salbiy asorat qoldirdi. Mamlakatdagi mevali boğlardagi daraxtlarning aksariyatiga sovuq ta'sir qilgan.
Tojikiston Markaziy Osiyo janubida joylaşganiga qaramasdan, mamlakatning aksar qismi baland toğlardan iborat bölgani uçun bu yerda havo harorati tört faslda ham biroz salqinroq böladi. Şu sababli 9-10 apreldagi kutilmagan qor va sovuq ob-havo mamlakatning barça hududlariga ta'sir qildi.
Mavzuga oid
Xatlon viloyatidagi bir qator tumanlarda gullab turgan yoki meva tukkan daraxtlarning barçasini sovuq urgan.
«Fermerlar yeriga ança mablağ sarflagandi. Hammasi puliga kuydi, ekinlarni sovuq urib ketdi. Endi yana yerni yangitdan ağdarib, ekinlarni takroran ekiş kerak. Kredit olib işlatayotgan fermerlar qayta ekişga pulni qayerdan izlaydi, bilmadim», deydi Xatlon viloyati Vosey tumanidagi «Guliston» mahallasi raisi.
Tumanning qişloq xöjaligi böyiça boş mutaxassisi Iskandar Rahimovning sözlariga köra, mevali daraxtlarning aksariyatini sovuq urgan.
Tursunzoda va Şahrinav tumanlarida odamlar yerga pomidor, kartoşka ekib bölgandi, ammo ularni ham sovuq urdi.
Xatlon viloyati rahbari Qurbon Hakimzoda ham sovuq viloyat qişloq xöjaligi ekinlariga va mevali boğlarga jiddiy zarar yetkazganini aytgan.
Hukumat hisob-kitoblariga köra, 9-10 aprel kunlari hukm surgan sovuq havo tufayli mamlakatdagi har bir fermer örtaça 35-40 ming somonidan mablağ yöqotadi. Yöqotişlar, yerni ekin ekişga tayyorlaş, köçat sotib oliş, yollanma işçilarga haq tölaş kabi işlarni sovuqdan avval va keyin ikki martadan bajariş hisobidan, şuningdek, vaqt keçikib ketişi tufayli möljaldagi hosilni ololmaslik, mevali boğlardagi hosildan ayriliş hisobidan böladi.
Tojikiston prezidenti hukumatga ikki yillik oziq-ovqat sotib oliş körsatmasini berdi
Mart oyida Tojikiston hukumati mamlakatda yetarliça oziq-ovqat zaxirasi borligi haqida bayonotlar berayotgan edi. YeOII tomonidan birlamçi qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportiga çeklov örnatilgaç, bunday bayonot beriş töxtadi va hukumat aholini oziq-ovqat bilan ta'minlaşda muammolar yuz berişi mumkinligi haqida gapira boşladi.
Jumladan, mamlakat prezidenti Imomali Rahmon 16 aprel kuni respublika hukumatining favqulodda yiğilişini ötkazgan va unda koronavirus pandemiyasi va uning Tojikistonga yetkazadigan salbiy oqibatlari muhokama qilingan.
Yiğilişda Imomali Rahmon tarafidan mutasaddilarga mamlakatda koronavirus tarqalişining oldini oliş, moliyaviy inqirozning mamlakat iqtisodiyotiga ta'sirini kamaytiriş, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş, oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş, mamlakatda har bir oila uçun ikki yillik oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiliş, sanitariya-gigiyena çoralarini körişni buyurgan.
Prezident matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga köra, Imomali Rahmon qişloq va suv xöjaligi vazirligiga hamda viloyatlar rahbarlariga kundalik ehtiyoj uçun zarur böladigan ekinlar, jumladan, kartoşka, donli ekinlar hamda makkajöxori ekişni köpaytiriş topşiriğini bergan. Ammo masalaning boşqa tomoni bor: Tojikistonda ekin yetiştiriladigan yer kam bölgani uçun xorijdan import qilmasdan oziq-ovqat xavfsizligiga erişib bölmaydi.
Şuning uçun yiğilişda Imomali Rahmon hukumatga zarur oziq-ovqat tovarlarini Tojikistonga olib kiriş masalasini yeçiş böyiça manfaatdor davlatlar rahbarlari bilan tezkor ravişda samarali hamkorlikni yölga qöyiş vazifasini topşirgan.
Ammo bugun xorijdan kundalik zarur oziq-ovqat qişloq xöjaligi mahsulotlarini Tojikistongan olib kiriş oson bölmaydi. Sababi, Tojikistonning asosiy savdo hamkori bölgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari 1 apreldan boşlab buğdoy, un, javdar, guruç, greçka kabi mahsulotlarni eksport qilişga çeklov qöydi.
YeOIIga a'zo mamlakatlarning bu çeklovidan eng köp Tojikiston jabr çekişi taxmin qilinmoqda. Bu ittifoqning ikkita yirik a'zosi Rossiya va Qozoğiston uşbu mamlakatning asosiy savdo şerigi hisoblanadi. Tojikiston neft va suyultirgan gaz, buğdoy, un va un mahsulotlarining asosiy qismini Rossiya va Qozoğistondan xarid qilgan.
Oziq-ovqat narxi oşmoqda
Tojikistonda oziq-ovqat, ayniqsa un narxi ötgan yil kuzida Qozoğistonda buğdoy va un narxi kötarilganidan söng keskin oşgan edi. Öşanda Özbekiston ham buğdoy va un narxini birjada erkin qöyib yuborgan edi. Joriy yil boşida narx yana oşdi.
Mart oyi boşida koronavirus vahimasi ortidan aholining oziq-ovqat sotib oliş uçun yoppasiga dökon va bozorlarga yopirilişi narxlarning yana oşişiga sabab bölgan edi. Öşandan keyin bugungaça bu Tojikistonda oziq-ovqat narxi oşib kelmoqda.
Valuta qadrsizlanişi
Mart oyidan boşlab Rossiya va Qozoğistonda rubl hamda tengening dollarga nisbatan qadrsizlanişi Tojikistonga ham ta'sir qildi va milliy valuta - somoniy AQŞ dollariga nisbatan keskin qadrsizlana boşladi. Mamlakat iste'mol bozorining asosiy qismini import mahsulotlari taşkil etgani bois dollar oşgandan söng turli mahsulotlar, şu jumladan oziq-ovqatlar narxi ham sezilarli darajada oşgan.
Tojikistonda sönggi bir oy içida milliy valuta qadri AQŞ dollariga nisbatan 5,3 foizga pastladi va bu jarayon hanuz davom etmoqda.
Tojikiston milliy banki 17 aprel kuni 1 dollarni 10,24 somoniy qilib belgilagan. Mart oyi örtalarida dollar kursi 9,70 somoniy bölgan va oy oxirigaça u 10,2 somoniygaça kötarilgan edi.
Şuningdek, mart oyining örtalaridan boşlab Rossiya rublining ham narxi oşdi, 1 rubl 0,128 somoniydan 0.136 somoniygaça kötarildi.
Tojikistonda bugun valuta taqçilligi röy bermoqda. Şu sababli, mamlakat banklarida mart oyin örtalaridan beri bir qator xorijiy valutalar, şu jumladan dollar va rubl sotilmayapti. Öşangaça ham naqd xorijiy valutalarni ba'zi banklar çeklangan miqdorda sotayotgan edi.
Banklar bu holatni valuta taqçilligi bilan izohlaşadi.
«Bizda hozir sotuvda valuta yöq. Faqat mijozlar olib kelib sotgan valutalarni sotuvga çiqaryapmiz, xolos. Ammo narxlar oşganidan söng bizga mijozlar sotiş uçun valuta olib kelmay qöydi. Şu sababli, bizda ham sotiş uçun valuta yöq», deydi banklardan birining xodimi.
Tojikiston Milliy banki valuta taqçilligi, unga bölgan içki talab oşgani, taşqi savdo balansi pasayişi tufayli valuta tuşumi keskin kamayişi bilan izohlaydi.
Hozirgi vaqtda Tojikiston Milliy banki içki bozorda valuta kursini keskin oşib ketmasligi uçun qandaydir çoralar qöllayotgan bölişi tabiiy, ammo valutalar kursi oşib ketmasligini töxtatib qoliş oson bölmaydi. Mamlakatga kirib keladigan valutaning asosiy qismi Rossiyada işlab yurgan mehnat muhojirlari tomonidan yuborilar edi. Rossiyada hozir karantin çoralari joriy qilingan va aksariyat mehnat muhojirlari işsiz qolgan. Şu tufayli, Tojikistonga jönatilayotgan valuta miqdori keskin kamaydi. Bunday şaroitda Rossiyada karantin çoralari qança uzoq davom etsa, Tojikistonga uning ta'siri şunça köp bölaveradi.
Donor davlatlar Tojikistonga insonparvarlik yordamlarini qariyb beş baravar kamaytirdi
Tojikiston ança yildan beri xalqaro donor davlatlardan muntazam insonparvarlik yordami olib keladi. Joriy yilda ana şu yordam miqdori ham keskin kamaygan.
Jumladan, joriy yilning birinçi çoragida donor davlatlar Tojikistonga insonparvarlik yordami miqdorini qariyb beş baravar kamaytirdi.
Tojikiston prezidenti huzuridagi statistika agentligi bergan ma'lumotga köra, joriy yilning birinçi çoragida xalqaro donor davlatlar Tojikistonga 4 million 85 ming dollar miqdorida insonparvarlik yordami körsatgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 4,5 baravar kam. Ötgan yilning yanvar-mart oylarida donor mamlakatlar Tojikistonga 18,5 million dollardan ortiq yordam körsatgan edi.
Ötgan yil eng katta insonparvarlik yordami körsatgan davlatlar:
Xitoy (34,3 foiz);
Rossiya (21,1 foiz);
Hindiston (8,7 foiz)
Qozoğiston (5,7 foiz);
AQŞ (5 foiz);
Germaniya (4,5 foiz).
Joriy yil yanvar-mart oylarida Tojikistonga eng katta yordam körsatgan asosiy donorlar:
Rossiya (15,6 foiz);
Şveytsariya (14,5 foiz);
Yaponiya (4 foiz);
Xitoy (3,7 foiz).
Prezident huzuridagi statistika agentligi bu yil donor mamlakatlar tomonidan insonparvarlik yordami körsatiş nega keskin kamayganiga izoh bermagan.
Koronavirus aniqlanmadi, ammo bu Tojikistonni inqirozdan saqlab qola olmaydi
Tojikiston bugun dunyodagi rasman koronavirus aniqlanmagan sanoqli davlatlardan biri bölib qolmoqda. Mamlakatga xorijdan kelganlar karantinga olingan. Ammo hozirça ular orasida xavfli virus aniqlanganlar yöq.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalariga qaramasdan, hukumat mamlakatda karantin çeklov çoralari joriy etmayapti, barça muassasalar odatiy rejimda işlaşda davom etmoqda, oliy ta'lim muassasalari va maktablar ham oçiq. Futbol böyiça mamlakat çempionati davom etmoqda. Hatto bu yil bahorgi armiyaga çaqiruv ham bekor qilinmadi.
Siyosatşunos va tadqiqotçi Pavriz Mullajanovning hisoblaşiça, Rossiyadan pul ötkazmalari qisqargaç, Tojikiston hukumati kiçik va örta biznesga tayana boşladi. Hukumat aynan şunday korxonalardan soliq tuşumlari töxtamasligi uçun karantin e'lon qilişni ortga surmoqda.
Ekspertlar Tojikiston öz çegaralarini mahkam yopib, koronavirusni öz hududiga kiritmagan bölsa ham, mamlakat global inqirozdan çetda qololmaydi, deb hisoblaşmoqda.
Tojikiston pandemiyaga qadar ham MDH hududidagi iqtisodiy jihatdan quyi örindagi davlat edi. Jahon banki tahlillariga köra, mamlakat iqtisodiyoti jahonda yuz berayotgan iqtisodiy inqirozlar tufayli taşqi ta'sirlar qarşisida ojiz qoladi.
Bugun köplab tahlilçilar Tojikistonda epidemiya tarqaladigan bölsa, mamlakat soğliqni saqlaş tizimi uni bartaraf etişga ojiz deb hisoblamoqda. Şuningdek, mamlakatda koronavirus aniqlanadigan bölsa, uning ortidan aholi örtasida vahima kelib çiqib, oziq-ovqat taqçilligi yuz berişi ehtimoli katta. Balki, şu uçun ham hozirça Tojikistonda koronavirus bilan kasallaniş holati çiqmayotgandir. Har holda rasman şunday...