Farğona viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida koronavirus infeksiyasiga çalingan 22 nafar bemor butunlay soğaydi. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Soğayganlarning 19 nafari charter reys orqali Turkiyadan, 1 nafari Misrdan va yana 1 nafari Praga şahridan Farğonaga kelişgan bölib, karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangaç, ular viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga joylaştirilgan. Bir nafar farğonalik bemor koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirgan.
Ulardan 9 nafari Toşkent şahridan, 5 nafari Qaşqadaryo viloyatidan, 2 nafari Toşkent viloyatidan, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Andijon, Farğona va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 12 nafari ayollar bölib, ular orasida eng yoşi kattasi 49 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 16 yoşda.
Viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan şu paytga qadar 30 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 52 nafarga yetdi.
Eslatib ötamiz, mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan jami 679 nafar bemor töliq soğaydi.












