Kun.uz pandemiya davrida infeksiya tarqatuvçi manbalardan biri sifatida körsatilgan pullar haqida Humo brendi ostida faoliyat yurituvçi Milliy banklararo protsessing markazi rahbari Şuhrat Qurbonov bilan suhbatlaşdi. Unda bank plastik kartalarga ötkazilgan pensiyalar, Humo kartalariga xizmat körsatiş sifati hamda bankomatlar orqali pullarni naqdlaştiriş masalalari muhokama qilingan.
–Kontaksiz aloqa qiliş, ayniqsa pul ham virus taşuvçisi sifatida ogohlantirilganidan keyin, aholi, xususan nafaqaxörlarga plastik kartalardan foydalaniş tavsiya etildi. Odamlarda, tabiiyki, savollar tuğiladi: bundan Humo brendi moliyaviy foyda topişni öyladimi yoki tölovlarni ötkazayotganda bizda qanaqa masalalar tuğiladi? Özi umuman kartadan foydalaniş imkoniyati barça yerda bir xilmi, degan savollar berilmoqda.
–Hozir qiziq payt bölyapti. Mana, köryapmiz. Kartada, terminallari hamda bank xizmatlarida revolyutsion rivojlaniş bölib turgandi. Bir oy içida bank plastik kartalari tizimida katta özgarişlar kuzatilyapti. Holat şuni talab qiladi. Masalan, kartalarni masofadan turib onlayn oçiş. Bu harakatlar bank plastik kartalariga nisbatan odamlarning işonçini oşiriş maqsadida amalga oşirilyapti. Lekin xalqimiz naqd pul bilan köproq muomalada bölişga intiladi. Naqd pul bizga qanaqadir yaqinroq. Hazil ham bor: sanab turişga osonroq.
Pandemiya davrida özim ham öylanib qoldim. Bozorda 1000, 5000 sömlik qanday aylanib yurişini özingiz guvohi bölasiz. Masalan, sotuvçiga naqd pul berdingiz. U qaytim berdi. Şu tariqa pul aylanib yuribdi. Qisqa vaqt içida 10-15 ta odam qölidan ötişi mumkin. Bu degani qoğoz pulda virus neça kundir yaşaydi. Şunaqa xavf bölib turgan paytda naqd puldan qoçiş kerak. Kontaksiz kartada savdo qiliş zararlaniş xavfini bir neça barobarga kamaytiradi. Unda odamlar bilan oldi-berdi umuman yöqoladi. Nima uçun Korzinka.uz va Makro supermarketlarida kontaksiz aloqa terminallarini nima uçun yölga qöydik? Odamlar örtasida ijtimoiy masofa saqlaşga yordam beradi, degan maqsadda qilindi.
Töğri, Toşkentda terminallar bilan vaziyat yaxşiroq. Viloyatlarda sal qiyinroq bölişi mumkin. Hozirgi kunda Humo terminallari böyiça muammo yöq. 90 foiz holatda savdo nuqtalarida işlab turibdi. Köpçilik muammo qiladi: terminal yöq, işlamayapti, sim-karta puli yöq, deydi. Har xil bahonalar öylab topadi. Bu ham nimadan kelib çiqadi? Boşida aytganday naqd pulni tanlaganimizdan keyin bölib turadigan holat. Köpçilik joylarda QR-kod ham qöyilgan. Telefoningiz bölsa QR-kod orqali ham tölaysiz. Terminal qidiriş ehtiyoji ham kamayganligini bildiradi. Terminal bor-yöqligi böyiça 90 foizda muammo yöq. Oçiği, 10 foiz qolib turibdi. Olib keliş xizmatlari bor. Ularga yetmayapti, töğri. Qisqa vaqtda bu kamçiliklar ham bartaraf qilinadi, çunki şu vaqtgaça bu narsada katta ehtiyoj bölmagan. Xuddi şunday taksidayam şunaqa. Ertaga taksiga ötirganda, naqd pul bermay, qaytim olmay, onlayn tölov qilay, deydi.













