Surxondaryo viloyatidan 3 nafar, Navoiy viloyatidan 1 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan butkul soğaydi. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmalari mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. 

Surxondaryoda tuzalganlardan bir nafari Qoraqalpoğiston Respublikasidan, bir nafari Samarqand va yana bir nafari Namangan viloyatidan. 

Ularning barçasi (erkaklar) joriy yil 27 mart kuni Moskva – Termiz yönalişida charter reys bilan kelişgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangaç, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. Navoiyda tuzalgan bir nafar (erkak) bemor Toşkent şahridan bölib, koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Har ikki viloyatdagi 4 nafar fuqarolar orasida eng yoşi kattasi 39 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 19 yoşda.

Hozirda mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan jami 625 nafar bemor töliq soğaydi.