2020 yil 17 aprel kuni soat 23:50larda, noma'lum haydovçi noma'lum avtomaşinasida Toşkent viloyati Çinoz tumani hududidan Toşkent şahar tomon harakatlanib, Zangiota tumani Turkiston mahallasidan ötgan M-39 yöli 818-kilometri avtomobil qatnov qismida 33 yoşli fuqaro V.R.ni urib yuborib, hodisa joyidan yaşiringan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, uşbu yöl-transport hodisasi oqibatida piyoda V.R. hodisa bölgan joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan noma'lum şaxsga nisbatan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida uşbu yöl-transport hodisasini Toşkent şahar Yunusobod tumanida yaşovçi 26 yoşli A.Ş. öz boşqaruvidagi Nexia rusumli avtomaşinasida sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda uşlangan.












