Vazirlik qonun loyihasi yuzasidan bildirilayotgan turli fikrlar yuzasidan munosabat bildirib, qator asoslarni sanab ötdi.

«Birinçidan, amaldagi «Davlat tili haqida»gi Qonunning 9-moddasiga köra, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarida iş davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boşqa tillarga tarjima qilinişi ta'minlanadi.

Loyihada qandaydir talablar kengaytirilib, tildan foydalanişda yangi çeklovlar kiritilmayapti, faqatgina amaldagi qonunning qoida va talablari hisobga olingan.

Ikkinçidan, qonun loyihasi davlat organlari va taşkilotlari faoliyatini qamrab olib, qonun qabul qilingan taqdirda tegişli ravişda ma'muriy javobgarlik faqatgina mazkur davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslariga nisbatan qöllanilişi mumkin.

Qonun loyihasi mansabdor şaxslarning qonun talablariga rioya etişi böyiça mas'uliyatini oşiriş, davlat organlari va taşkilotlari işida davlat tilidan tölaqonli foydalanilişini ta'minlaşga qaratilgan.

Uçinçidan, qonun loyihasi heç qanday yöl bilan respublika hududida istiqomat qilayotgan millat va elatlarning ona tilidan foydalaniş, millatlararo muloqot va ta'lim oliş tilini öz xohişiga qarab tanlaş, öz tilida davlat organlari va taşkilotlariga murojaat qilişga doir konstitutsiyaviy huquqlarini poymol qilmaydi.

Törtinçidan, mazkur qonun loyihasi regulation.gov.uz portalida jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Har bir fuqaro öz fikr va takliflarini maxsus platformada bayon etişi mumkin», – deyiladi Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarnomasida.

Vazirlik yuqorida bayon etilganlarni hisobga olgan holda, jamoatçilik vakillaridan «loyihani özlariça talqin qilib, jamoatçilik fikrini notöğri özanga burişga harakat qilmaslik»ni sörab, «Özbekiston jamoatçiligi oldidagi javobgarlikni unutmaslik»ka da'vat etgan.

Eslatib ötamiz, muhokamadagi qonun loyihasida iş yuritişda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmagan davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslarini BHMning 2 baravaridan 5 baravarigaça miqdorda jarimaga tortiş