Juma kuni butun dunyodagi musulmonlar uçun muqaddas Ramazon oyi boşlandi. Deyarli barça musulmon davlatlarda karantin joriy etilgan.

Şu bilan birgalikda, ayrim davlatlar Ramazon oyi munosabati bilan karantin çoralarini yumşatgan. Xususan, Suriya, Misr va Dubayda ayrim çeklovlar yumşatilgan - qöşimça dökonlar oçilgan, bu kunlarda istagança köçada böliş mumkin.

Pokistonda ulamolar hukumat taqiqiga qaramay öz masjidlarini oçişdi. Pokiston şaharlaridagi köçalarda karantin normalariga rioya etilişi politsiya va harbiylar tomonidan nazorat qilinmoqda. Bu mamlakatda epidemiya boşlanganidan buyon 12,7 mingdan ortiq kişida  aniqlangan, 269 kişi vafot etgan.

Pokistonda dindorlar politsiya kuzatuvida GETTY IMAGES

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi masjidda esa ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda ibodatlar ado etilmoqda. Pokistondagidan farqli ravişda bu mamlakatda köpçilik uyda qolişni afzal körgan. Holbuki Malayziyada virusdan zararlaniş holatlari kamroq - 5742 holat va 98 ölim.

Kuala-Lumpurdagi asosiy masjid deyarli böş GETTY IMAGES

Bosniya va Gersegovinaning boş muftiysi Husayn Kaazoviç Sarayevodagi masjidda kamçilik iştirokida juma namozini ötkazdi. Şu kunlarda mamlakat Konstitutsiviy sudi hukumat beş kun içida odamlarning harakatiga nisbatan çeklovni bekor qilişi böyiça qaror çiqardi, sud bu qarorni fuqarolar erkinligiga zid deb hisoblagan. Ayni vaqtda bosniyaliklarga faqat arzirli sabab bilan qisqa muddatga köçaga çiqişga ruxsat berilgan.

Sarayevoda juma namozi GETTY IMAGES